Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumni hisobga olish uchun quyidagi
schyotlar ochilgan:
9010-«Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad»
9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromad»
9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar»
9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi»
9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».
Yuqoridagi schyotlarda korxonaning asosiy faoliyatidan olingan sof tushumi sifatida quyidagilar aks
ettiriladi:
-
sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar korxonalarining ishlab chiqargan tayyor
mahsuloti va yarim tayyor mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar;
-
sanoat tusidagi ish va xizmatlar;
-
sanoat xarakteriga ega bo‘lmagan ish va xizmatlar;
-
sotib olingan buyumlar;
-
qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geolog-razvedka, ilmiy-tadqiqot ishlarini sotishdan olingan
daromadlar;
-
savdo va ta’minot tashkilotlarining tovarlarni sotishdan olingan daromadlari;
-
transport korxonalarining yo‘lovchi va yuklarni tashishi bo‘yicha xizmatlari;
-
yengil avtomobillarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib borish xizmatlari; -
aloqa korxonalarining xizmatlari va boshqalar.
3. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar va davr xarajatlari hisobi.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
-
undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan
qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek
yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar; - hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi
foyda;
-
ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan
operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan
tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar;
-
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan
daromadlar;
-
da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan
daromadlar;
-
tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash;
-
davlat subsidiyalaridan daromadlar; - xolisona moliyaviy yordam;
-
boshqa muomala daromadlari.
|