R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-rasm. “... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
11.1-rasm. “... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq 
xarajatlar tasnifi 
XARAJATLAR 
1-guruh 
Mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxiga 
kiritiladigan 
xarajatlar 
2-guruh 
Davr xarajatlariga 
kiritiladigan 
xarajatlar 
3-guruh 
Moliyaviy faoliyat 
bo‘yicha xarajatlar 
4-guruh 
Favqulodda 
zararlar 
-bevosita va bilvosita 
moddiy xarajatlar; 
- bevosita va bilvosita 
mehnat xarajatlari; 
- boshqa bevosita va 
bilvosita xarajatlar, shu 
jumladan, 
ishlab 
chiqarish 
xususiyatiga 
ega 
bo‘lgan ustama 
xarajatlar 
-
sotish xarajatlari; 
-
ma’muriy-boshqaruv 
xarajatlari; 
-
boshqa 
operatsion 
xarajatlar va zararlar 
-foiz 
bo‘yicha 
xarajatlar; 
- xorijiy valyuta bilan 
operatsiya 
bo‘yicha 
salbiy kurs farqlari; 
- qimmatli qog‘ozlarga 
qo‘yilgan mablag‘larni 
qayta baholash; 

moliyaviy 
faoliyat 
bo‘yicha 
boshqa 
xarajatlar. 
u foydadan olinadigan 
soliq to‘langunga qadar 
foyda yoki zararlarni 
hisoblab 
chiqishda 
hisobga olinadi. 


238 
Xarajatlarni bunday guruhlash ustun darajada soliq solinadigan bazani 
to‘g‘ri aniqlash maqsadi nazarda tutiladi. Shuningdek, “Moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot” (2-shakl)da esa xarajatlar 5 guruhga ajratiladi. Fikrimizcha, 
Nizomda soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida xarajat guruhlari 
berilganligi bois, 2-shaklda berilgan soliq xarajatlari keltirilmagan. Shu bois, 
Nizom va “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar”ning 
o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish lozim deb 
hisoblaymiz.
Bu borada iqtisodchi olimlardan R.D.Do‘smuratov va U.I.To‘laevlarning 
tavsiyalari e’tiborga loyiqligini ta’kidlab o‘tishimiz mumkin. Ularning fikriga 
ko‘ra ““... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom” ning “B. Xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliya xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar ro‘yxati” bo‘limiga 
“5.Foydadan qoplanadigan soliq xarajatlari” bandini kiritib, unda moliyaviy 
natijalarni aniqlash vaqtida foydadan qoplanadigan soliq xarajatlari ro‘yxatini 
quyidagicha belgilash kerak: 
5.1. Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar 
5.2. Foydadan hisoblab to‘lanadigan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha 
xarajatlar 
5.3. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha to‘lanadigan soliqlar 
bo‘yicha xarajatlar: 
5.3.1. Yagona soliq to‘lovi 
5.3.2. Yagona yer solig‘i 
5.3.3. Qat’iy belgilangan soliqlar bo‘yicha xarajatlar”
57

Chunki, soliq xarajatlari ham boshqa toifa xarajatlar kabi subyektning soliq 
to‘langunga qadar olingan foydasi hisobidan qoplanib, sof foydasi kamayishiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Albatta, “... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom” ning “B. Xo‘jalik 
yurituvchi subyektning moliya xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar ro‘yxati” 
57
R.D.Do‘smuratov, U.I.To‘laev Moliyaviy hisobot: nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari. –T.: «Extremum-Press», 
2012,B. 64-65. 


239 
bo‘limiga bunday o‘zgartirishlarning kiritilishi korxonalarda soliqlarning qaysilari 
soliqqa tortilgunga qadar foyda hisobidan qoplanishi aniq me’yoriy asosga ega 
bo‘ladi. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobida 9800 – “Soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishi” schyotida soliqlarning 
qaysilari aks ettirilishi bo‘yicha munozaralar yuzaga kelmaydi. 
Moliyaviy natijalar tarkibi, shakllanish tartibi va dinamik o‘zgarishi tahlilini 
quyidagi 11.1-jadval ma’lumotlari asosida berish mumkin. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin