R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

13.2-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatni eksport hajmi rejasining 
bajarilishi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
Biznes rejada 
Haqiqatda 
Yalpi eksport hajmi 
Rejaning 
bajarili-
shi, % 
Miqdori, 
dona 
Bahosi, 
so‘m 
Miqdori, 
dona 
Bahosi, 
so‘m 
Reja, 
ming so‘m 
Haqiqat, 
ming 
so‘m 
A – mahsulot 
1000 
64000 
1200 
68000 
64000,0 
81600,0 
127,5 
B – mahsulot
900 
40000 
1100 
47000 
36000,0 
51700,0 
143,6 
Jami: 




100000,0 133300,0 
133,3 
13.2-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning eksport hajmi rejada 100000,0 ming so‘m belgilangan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich haqiqatda 133300,0 ming so‘mga teng bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki, 
haqiqatda yalpi eksport hajmi rejaga nisbatan 33,3 foizga oshgan. Mahsulot turlari 
bo‘yicha esa eksport hajmi, ya’ni “A” mahsulot turi bo‘yicha 27,5 foizga, “B” 
mahsulot turi bo‘yicha 43,6 foizga oshirib bajarilgan. Shuningdek, jamiyatning 


306 
yalpi eksport hajmi haqiqatda rejaga nisbatan “A” mahsulot turi bo‘yicha 17600,0 
ming so‘mga va “B” mahsulot turi bo‘yicha esa 15700,0 ming so‘mga oshishi 
kuzatiladi. 
Har bir mahsulot turi bo‘yicha eksport hajmining rejaga nisbatan 
o‘zgarishiga omillar ta’sirini 13.2-jadval ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish 
orqali aniqlashimiz mumkin. Ya’ni, “Ko‘rsatkichlar farqi” usuli yordamida 
quyidagi bog‘lanishlar asosida aniqlaymiz: 
“A” mahsulotning eksport hajmi rejaga nisbatan 17600,0 ming so‘mga 
oshishiga mahsulotning miqdori va bahosi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir 
darajasi quyidagicha bo‘lgan: 
1). “A” mahsulot miqdorining haqiqatda rejaga nisbatan 200 donaga 
ko‘payishi eksport hajmini 12800,0 ming so‘mga oshirgan: 
(1200 – 1000) x 64 000 = + 12800,0 ming so‘m. 
2). “A” mahsulot bahosining haqiqatda rejaga nisbatan 4000 so‘mga 
qimmatlashishi eksport hajmini 4800,0 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
(68000 – 64000) x 1200 = + 4800,0 ming so‘m. 
Natija ikkala omilning ta’siri natijasida “A” mahsulotning eksport hajmi 
rejaga nisbatan 17600,0 (12800,0 + 4800,0) ming so‘mga oshgan. 
“B” mahsulot eksport hajmining haqiqatda rejaga nisbatan 15700,0 ming 
so‘mga oshishiga, uning miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lganligini 
ko‘rishimiz mumkin: 
1). “B” mahsulot bo‘yicha eksport miqdorining 200 donaga ko‘payishi, 
uning eksport hajmini 8000,0 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
(1100 – 900) x 40000 = + 8000,0 ming so‘m. 
2). “B” mahsulot bahosining rejaga nisbatan 7000 so‘mga oshishi esa, uning 
eksport hajmini 7700,0 ming so‘mga ko‘payishiga olib kelgan. 
(47000 – 40000) x 1100 = + 7700,0 ming so‘m. 
Yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijasida “B” mahsulotning eksport hajmi 
haqiqatda rejaga nisbatan 15700,0 (8000,0 + 7700,0) ming so‘mga oshgan. 


307 
Mazkur omillar ta’sirini yalpi eksport hajmi bo‘yicha ham hisoblash 
mumkin. 13.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jamiyatning yalpi eksport hajmi 
haqiqatda rejaga nisbatan 33300,0 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday o‘zgarishga 
eksport qilingan mahsulotlar miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lgan. 
Ya’ni: 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin