R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

-
 
eksport qilingan mahsulotlar miqdorining o‘zgarishi yalpi eksport 
hajmining 20800,0 ming so‘m oshishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
((1200 - 1000) x 64000) + ((1100 - 900) x 40000) = 12800,0 + 8000,0 = 
+ 20800,0 ming so‘m. 
-
 
eksport qilingan mahsulotlar bahosining o‘zgarishi esa, yalpi eksport 
hajmini 7700,0 ming so‘mga ko‘payishiga ta’sir etgan: 
((68000 - 64000) x 1200) + ((47000 - 40000) x 1100) = 4800,0 + 7700,0 =
+ 12500,0 ming so‘m. 
Ushbu omillarning ta’siri natijasida jamiyatning yalpi eksport hajmi 
haqiqatda rejaga nisbatan 33300,0 (20800,0 + 12500,0) ming so‘mga oshgan. 
Bunday natijani “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat uchun ijobiy 
baholash mumkin. Shunday bo‘lsada, jamiyat rahbariyati eksport hajmini yanada 
oshirish imkoniyatlarini izlab topishi va ularni faoliyatga joriy etish choralarini 
ko‘rishi lozim. 
13.6. Import operasiyalarining tahlili 
Import operasiyalarining tahlilida birinchi navbatda yalpi import hajmining 
tarkibi, tuzilishi, hududlar va mamlakatlar bo‘yicha hajmi, reja va o‘tgan yillarga 
nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Shundan so‘ng, yalpi import hajmi bo‘yicha 
rejaning bajarilishi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanadi va 
ularning ta’sir darajalariga baho beriladi. 
Quyidagi 13.3-jadval ma’lumotlari asosida “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyatning import hajmi rejasi bajarilishi va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi malumotlarga ega 
bo‘lindi. 


308 
13.3-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatni import hajmi rejasining 
bajarilishi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
Biznes rejada 
Haqiqatda 
Yalpi import hajmi 
Rejaning 
bajarili-
shi, % 
Miqdori, 
dona 
Bahosi, 
so‘m 
Miqdori, 
dona 
Bahosi, 
so‘m 
Reja, 
ming so‘m 
Haqiqat, 
ming 
so‘m 
X – mahsulot 
3000 
20000 
3500 
22000 
60000,0 
77000,0 
128,3 
Y – mahsulot
2000 
15000 
2500 
20000 
30000,0 
50000,0 
166,7 
Jami: 




90000,0 
127000,0 
141,1 
13.3-jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyat yalpi import hajmini 90000,0 ming so‘m sifatida rejalashtirgan 
bo‘lib, haqiqatda esa bu ko‘rsatkich 127000,0 ming so‘mga teng bo‘lgan. Demak, 
aytishimiz mumkinki, jamiyatning haqiqatda yalpi import hajmi rejaga nisbatan 
41,1 foizga oshgan. Bunday o‘zgarishni mahsulot turlari bo‘yicha ham ko‘rishimiz 
mumkin. Ya’ni, “X” mahsulot turi bo‘yicha reja 28,3 foizga, “Y” mahsulot turi 
bo‘yicha esa 66,7 foizga oshirib bajarilgan. 
Import qilingan har bir mahsulot turi bo‘yicha rejaning o‘zgarishiga omillar 
ta’sirini 13.3-jadval ma’lumotlari asosida aniqlashimiz mumkin. Bunda 
“Ko‘rsatkichlar farqi” usuli yordamida quyidagi bog‘lanishlarni amalga 
oshirishimiz lozim: 
“X” mahsulotning import hajmi haqiqatda rejaga nisbatan 17000,0 ming 
so‘mga oshishiga, uning miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lgan: 
1). “X” mahsulot importi miqdorining haqiqatda rejaga nisbatan 500 donaga 
ko‘payishi import hajmini 10000,0 ming so‘mga oshirgan: 
(3500 – 3000) x 20000 = + 10000,0 ming so‘m. 
2). Import qilingan “X” mahsulot bahosining haqiqatda rejaga nisbatan 2000 
so‘mga qimmatlashishi import hajmini 7000,0 ming so‘mga oshishiga ta’sir 
ko‘rsatgan: 
(22000 – 20000) x 3500 = + 7000,0 ming so‘m. 
Ikkala omilning ta’siri natijasida “X” mahsulotning import hajmi rejaga 
nisbatan 17000,0 (10000,0 + 7000,0) ming so‘mga oshgan. 
“Y” mahsulotning import hajmi esa haqiqatda rejaga nisbatan 20000,0 ming 


309 
so‘mga oshishiga, uning miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lganligini 
ko‘rishimiz mumkin: 
1). “Y” mahsulot import miqdorining 500 donaga ko‘payishi, uning import 
hajmini 7500,0 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
(2500 – 2000) x 15000 = + 7500,0 ming so‘m. 
2). “Y” mahsulot bahosining rejaga nisbatan 5000 so‘mga oshishi esa, uning 
import hajmini 7700,0 ming so‘mga ko‘payishiga olib kelgan. 
(20000 – 15000) x 2500 = + 12500,0
Mazkur omillar ta’sirida “Y” mahsulotning import hajmi haqiqatda rejaga 
nisbatan 20000,0 (7500,0 + 12500,0) ming so‘mga oshgan. 
Shuningdek, yalpi import hajmining o‘zgarishiga yuqoridagi kabi miqdor va 
baho omillarining ta’sirini ham hisoblash mumkin.
13.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jamiyatning yalpi import hajmi 
haqiqatda rejaga nisbatan 37000,0 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday o‘zgarishga 
import qilingan mahsulotlar miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lgan: 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin