Kirish
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 28-yanvar kuni “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmon imzolandi.
Mazkur Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi, ya’ni 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi oʻrinlarda – Strategiya); "Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi; 2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – Respublika komissiyasi) hamda uning ishchi guruhi tarkiblari.
Ushbu Strategiya besh bosqichda amalga oshirilishi belgilanib, ularning har bosqichi aniq maqsadlardan iborat, jami 100 ta maqsad hamda ushbu maqsadlarni amalga oshirisga oid Davlat dasturidan iborat.
Birinchi yo‘nalish Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish (1-12-maqsadlar);
Ikkinchi yo’nalish Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish (13-20- maqsadlar);
Uchinchi yo‘nalish Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash (21-36-maqsadlar);
To‘rtinchi yo‘nalish Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish (37-70-maqsadlar);Beshinchi yo‘nalish Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish (71-78-maqsadlar);
Oltinchi yo‘nalish Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish (79-88-maqsadlar);
Ettinchi yo‘nalish Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib boorish (89-100-maqsadlar).
Ta’kidlash joizki, joriy yilning 11-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Vazirlar Mahkamasining “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2023-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan hisoboti keng muhokama qilindi.