Yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi



Yüklə 109,81 Kb.
səhifə8/9
tarix26.12.2023
ölçüsü109,81 Kb.
#197961
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”ning mazmun va mohiyati.

va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.

2.Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari


Ma’lumki, shu kunlarda Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida so'zlagan nutqining mazmun-mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar talaba yoshlar, davlat xizmatchilari, olimlar, ekspertlar, keng jamoatchilik tomonidan qizg'in o'rganilmoqda.
Shu o'rinda, Prezident nutqi kelajakka yo'naltirilgani, mamlakatni rivojlantirish strategiyasining amaliy dasturi bo'lganiga e'tiborni qaratish lozim. Davlat rahbari o'z ma’ruzasida mamlakat hayotining barcha jabhalariga atroflicha to'xtalib o'tib, yangi g'oyalar, innovatsiyalar va yangiliklarni taklif qildi.
Sh.Mirziyoyev o'z nutqida Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi. Mazkur kontseptual hujjatda islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta'minlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g'oya va bosh mezon qilib olindi.
Xususan, unda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Bundan tashqari, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalarga atroflicha to'xtalib o'tilgan.
Mazkur nutqda mamlakat rahbari kelgusi besh yil uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilab berar ekan, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat ekanligini alohida ta’kidlab o'tdi.
Ma’ruzaning e’tiborli jihatlaridan biri shundaki, Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasida birinchi o'ringa shaxs, inson qadri yuqori o'ringa qo'yilib, “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida davlat va jamiyat boshqaruvini tashkil etadi. Bir so'z bilan aytganda, amaliy natija, inson manfaati, uning qadr-qimmati bosh maqsadga aylangan.
Tan olib aytish joizki, o'tgan 5 yilda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida qator tizimli islohotlar amalga oshirildi va ijobiy natijalarga erishildi, biroq shu bilan birga mazkur sohada samarali mexanizmlarni yaratishga to'sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar ham yo'q emas. Kelgusi 5 yilda bu borada ijtimoiy yo'nalishdagi islohotlar alohida ahamiyatga ega, albatta.
O'tgan yillar mobaynida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlarga nazar soladigan bo'lsak, ijtimoiy himoya va doimiy yordamga muhtoj shaxslar bilan ishlashning “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi yangicha ishlash mexanizmi joriy etildi. Ijtimoiy nafaqa bilan ta’minlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobar oshirildi.
Mazkur nutqda muallim va murabbiylar, professor-o'qituvchilarga alohida e’tibor qaratilib, 2025 yilga borib, oliy toifali o'qituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazilishi o'ylaymizki, barchaga birdek ma’qul bo'ldi.
Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo'lsak, maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi 2017 yilda 27,7 foizni tashkil qilgan bo'lsa, hozirda 62 foizni tashkil qilmoqda, 2030 yilga borib esa mazkur qo'rsatkichni 80 foizga yetkazish maqsad qilinganligi ushbu sohada ham ulkan marralarni qo'yayotganligimizdan dalolat beradi. Bitiruvchilarni oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 2016 yili 9 foizni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2021 yilga kelib 28 foizni tashkil qilmoqda, bu ko'rsatkichni 50 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Xalqimiz salomatligini ta’minlash doimo ustuvor vazifa bo'lgan. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo'lsak, 2017 yilda sog'liqni saqlash tizimiga byudjetdan ajratilgan jami mablag'lar 7,1 trillion so'mni tashkil qilgan bo'lsa, 2020 yilga kelib bu ko'rsatkich 14,8 trillion so'mga yetdi. Prezident o'z nutqida ushbu sohaga yo'naltiriladigan mablag'larni 2 barobar oshirish, jumladan, kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish mo'ljallanayotganini e’lon qilishi mazkur tizimda faoliyat olib borayotgan zahmatkash shifokorlarning mehnatlariga davlat tarafidan bo'layotgan yuksak e’tibor namunasi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, keng ko'lamli islohotlar jarayoni izchil davom etib, ular sermahsul bo'lishidan butun xalqimiz manfaatdor. Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda barcha davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham kamarbasta bo'lishiga umid qilamiz.
Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi hamda halqimizni umumiy maqsadlar yo'lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanishiga ishonchimiz komil.



Yüklə 109,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin