R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

15.6-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda yalpi mahsulot hajmiga 
xodimlar soni va mehnat unumdorligi darajasi ta’sirining tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Biznes reja 
Haqiqatda 
O‘zgarishi
(+;-) 

Xodimlar soni, kishi 
200 
202 
+2 

Bir nafar xodim hisobiga ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m 
2500 
2860 
+360 

Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 
hajmi, ming so‘m 
500000 
577720 
+77720 
Shu jumladan, o‘zgarishiga omillar 
ta’siri: 
-
xodimlar sonining o‘zgarishi 
hisobiga 
-
bir nafar xodim hisobiga ishlab 
chiqarilgan 
mahsulot 
hajmining 
o‘zgarishi hisobiga 




+5000 
+72720 
15.6-jadvaldan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda 
ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi biznes rejada 500000 ming so‘mni tashkil 
qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich haqiqatda 577720 ming so‘mga teng bo‘lgan. Bundan 
ko‘rinadiki, jamiyatda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi biznes rejaga 
nisbatan haqiqatda 77720 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday o‘zgarishni jamiyat 
uchun ijobiy holat sifatida baholash mumkin. 
Endi, mazkur o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatgan mehnat omillarining ta’sirini 
“Ko‘rsatkichlar farqi” usuli orqali o‘rganadigan bo‘lsak, birinchi omil xodimlar 
sonining biznes rejaga nisbatan 2 kishiga ko‘payishi, yalpi mahsulot hajmini biznes 
rejaga nisbatan 5000 ming so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
±∆YaM
xs
= (X
s1
- X
s0
) × K
s0
= (202 - 200) × 2500 = +5000 ming so‘m. 
Mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ikkinchi omil, bir nafar xodim 
hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining biznes rejaga nisbatan haqiqatda 
360 ming so‘mga oshishi, yalpi mahsulot hajmini biznes rejaga nisbatan 72720 
ming so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan: 


357 
±∆YaM
ks
= (K
s1
- K
s0
) × X
s1
= (2860 - 2500) × 202 = +72720 ming so‘m. 
Tahlil natijalaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyatda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmini ko‘paytirishning asosiy 
imkoniyatlaridan biri mehnat unumdorligi darajasini oshirish hisoblanar ekan. 
Yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga xodimlar soni va 
mehnat unumdorligi darajasidan tashqari, ish kunining davomiyligi, bir ishchining 
ishlagan kishi-kunlari va bir kishi-soat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 
kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur omillar bilan ham yalpi mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Ushbu bog‘liqlikni 
quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
YaM = X

× U

× K
k
× K
d
× K
s
, (15.4) 
Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot; X
s
– xodimlar soni; U
l
– sanoat ishlab chiqarish 
xodimlari tarkibida ishchilarning ulushi; K
k
– bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlari; 
K
d
– ish kunining davomiyligi; K
s
– bir kishi-soat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi. 
Yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki, yalpi mahsulot ishlab chiqarish 
hajmining o‘zgarishiga quyidagi mehnat omillari ta’sir ko‘rsatar ekan: 
-
xodimlar sonining o‘zgarishi; 
-
umumiy xodimlar soni tarkibida ishchilar ulushining o‘zgarishi; 
-
bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlarining o‘zgarishi; 
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishi; 
-
bir kishi-soat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi. 
Ushbu omillarning yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga 
ta’sirini “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil 
qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (15.7-jadval). 
15.7-jadval ma’lumotlaridan ko‘ra, biznes rejada yalpi mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi 500000 ming so‘m belgilangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich haqiqatda 
577720 ming so‘m teng bo‘lgan. Demak, yalpi mahsulot ishlab chiqarish rejasi 
77720 ming so‘m ortig‘i bilan bajarilgan. Bunday natija jamiyat faoliyati uchun 
ijobiy holat hisoblanadi. 


358 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin