R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

15.4-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda mehnat unumdorligi 
ko‘rsatkichlari darajasi va dinamikasi tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
Biznes reja 
Haqiqatda 
O‘zgarishi (+;-) 
1. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, 
ming so‘m 
500000 
577720 
+77720 
2. Xodimlar soni, kishi 
200 
202 
+2 
3. Shu jumladan ishchilar soni, kishi 
160 
165 
+5 
4. Bir ishchining yil davomida ishlagan 
kishi-kunlari, kishi-kuni 
220 
210 
-10 
5. Bir ishchining yil davomida ishlagan 
kishi-soatlari, kishi soat 
1760 
1638 
-122 
6. O‘rtacha ish kunining davomiyligi, 
soat 
8,0 
7,8 
-0,2 
7. Bir xodimga to‘g‘ri keladigan 
o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘m 
(1/2) 
2500 
2860 
+360 
8. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan 
o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘m 
(1/3) 
3125 
3501 
+376 
9. Ishchining bir kunlik ish unumi,
ming so‘m (1/4) 
2273 
2751 
+478 
10. Ishchining bir soatlik ish unumi, 
ming so‘m (1/5) 
284,1 
352,7 
+68,6 
15.3-jadvalda ko‘rsatib o‘tilganidek, ishchining bir soatlik ish unumini 
aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmini, bir ishchining yil davomida 
ishlagan kishi-soatlariga bo‘lish lozim.
Bundan ko‘rinadiki, ishchining bir soatlik ish unumining o‘zgarishiga 
quyidagi ikki omil ta’sir ko‘rsatadi: 
-
mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi; 
-
bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-soatlarining o‘zgarishi. 
Mazkur omillarning ta’sirini “Qayta hisoblash” usuli orqali aniqlash 
mumkin. Buning uchun birinchi navbatda shartli ishchining bir soatlik ish unumini 
aniqlab olish zarur. Shartli ko‘rsatkichni aniqlash uchun haqiqatdagi mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini biznes rejadagi bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-
soatlariga bo‘lish kerak: 
Kq
sh
= M
1
/ Is
0
= 577720 / 1760 = 328,2 ming so‘m. 


350 
Shundan so‘ng, ishchining bir soatlik ish unumining o‘zgarishiga omillar 
ta’sirini hisob-kitob qilib aniqlanadi. Ya’ni, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyatda ishchining bir soatlik ish unumining o‘zgarishiga, birinchi omil 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun qayta 
hisoblangan shartli ko‘rsatkichdan biznes rejadagi ko‘rsatkichini chegirib tashlash 
lozim: 
328,2 – 284,1 = +44,1 ming so‘m 
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmining biznes 
rejaga nisbatan haqiqatda 77720 ming so‘mga ko‘payishi, ishchining bir soatlik ish 
unumini 44,1 ming so‘mga ortishiga olib kelgan. 
Ikkinchi omil, bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-soatlarining 
o‘zgarishi ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi ishchining bir soatlik ish unumi 
ko‘rsatkichidan qayta hisoblangan shartli ko‘rsatkichni chegirib tashlash kerak: 
352,7 – 328,2 = +24,5 ming so‘m 
Bundan ko‘rinadiki, bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-soatlarining 
biznes rejaga nisbatan haqiqatda 122 soatga kamayishi ham ishchining bir soatlik 
ish unumini 24,5 ming so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan. Sababi, biznes rejaga 
nisbatan haqiqatda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yuqori bo‘lganligi, mazkur 
kamayish qiymatini to‘liq qoplagan holda ko‘payishiga olib kelgan. Bunday 
natijani jamiyat faoliyati uchun ijobiy holat sifatida baholashimiz mumkin. 
Mehnat unumdorligini ifodalovchi boshqa ko‘rsatkichlar va ularga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni ham shu tariqa tahlil qilib o‘rganish mumkin. Shuni 
ta’kidlab o‘tish kerak-ki, mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning 
o‘zgarishiga faqatgina mahsulot ishlab chiqarish hajmi va bir ishchining yil 
davomida ishlagan kishi-soatlari (ishchilar soni yoki bir ishchining yil davomida 
ishlagan kishi-kunlari)dan tashqari bevosita ishchilarning umumiy xodimlar soni 
tarkibidagi ulushi, ishlagan kunlari hamda ish kunining davomiyligi kabi omillarga 
ham bog‘liq hisoblanadi. Masalan, mehnat unumdorligini ifodalovchi umumiy 
ko‘rsatkich bo‘lib, bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini 


351 
ifodalovchi miqdor hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmini xodimlarning o‘rtacha yillik soniga bo‘lish kerak. Biroq, ushbu 
ko‘rsatkichni aniqlashni quyidagi omillarning ko‘paytmasi ko‘rinishida ham 
ifodalagan holda ko‘rsatish mumkin: 
Km = U
l
× K
k
× K
d
× K
s
, (15.2) 
Bundan ko‘rinadiki, mehnat unumdorligini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich 
(bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot)ning o‘zgarishi quyidagi 
omillar hisobiga yuzaga keladi: 
-
ishchilarning umumiy xodimlar soni tarkibidagi ulushining o‘zgarishi (U
l1

U
l0
); 
-
bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlarining o‘zgarishi
(K
k1
– K
k0
); 
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishi (K
d1
– K
d0
); 
-
bir kishi-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi 
(K
s1
– K
s0
). 
Mazkur 
omillarning 
mehnat 
unumdorligini 
ifodalovchi 
umumiy 
ko‘rsatkichga ta’sirini aniqlashda “Zanjirli bog‘lanish” usulidan foydalanish 
mumkin. Buning uchun, birinchi navbatda mehnat unumdorligining quyidagi 
bog‘lanish ko‘rsatkichlarini aniqlab olish lozim: 
1. Km
0
= U
l0
×K
k0
×K
d0
×K
s0 
– bazis davridagi mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi; 
2. Km
sh1
= U
l1
×K
k0
×K
d0
×K
s0

3. Km
sh2
= U
l1
×K
k1
×K
d0
×K
s0
– shartli mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi; 
4. Km
sh3
= U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s0

5. Km
1
=U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s1
–hisobot davridagi mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi. 
Mehnat unumdorligini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichning o‘zgarishi 
hisobot davridagi mehnat unumdorligi ko‘rsatkichidan bazis davridagi mehnat 
unumdorligi ko‘rsatkichini chegirish orqali aniqlanadi: 
±∆ Km = (U
l1
×K
k1
×K
d1
×Ks
1
) – (U
l0
×K
k0
×K
d0
×K
s0
)
Shundan so‘ng, ish vaqti fondining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob 


352 
qilinib aniqlanadi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: 
-
umumiy xodimlar soni tarkibidagi ishchilarning ulushining o‘zgarishi 
mehnat unumdorligining o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi aniqlash uchun 
1-shartli mehnat unumdorligi ko‘rsatkichidan bazis davridagi ko‘rsatkichni 
chegirish lozim: 
±∆U
l
= (U
l1
×K
k0
×K
d0
×K
s0
) – (U
l0
×K
k0
×K
d0
×K
s0
)
-
bir ishchining yil davomida kishi-kunlarining o‘zgarishini mehnat 
unumdorligiga 
ta’sirini aniqlash uchun 2-shartli mehnat unumdorligi 
ko‘rsatkichidan 1-shartli mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini chegirish kerak: 
±∆K
k
= (U
l1
×K
k1
×K
d0
×K
s0
) – (U
l1
×K
k0
×K
d0
×K
s0
)
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishini mehnat unumdorligiga ta’sirini 
aniqlash uchun esa 3-shartli mehnat unumdorligi ko‘rsatkichidan 2-shartli 
ko‘rsatkichini chegirish lozim: 
±∆K
d
= (U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s0
) – (U
l1
×K
k1
×K
d0
×K
s0
)
-
bir kishi-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishini 
mehnat unumdorligiga ta’sirini aniqlash uchun hisobot davridagi mehnat 
unumdorligi ko‘rsatkichidan 3-shartli ko‘rsatkichini chegirish lozim: 
±∆K
s
= (U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s1
) – (U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s0
)
Ushbu omillarning ta’sir ko‘rsatish natijalarining yig‘indisi mehnat 
unumdorligining umumiy farqiga teng bo‘lishi kerak: 
±∆Km = (±∆U
l
) + (±∆K
k
) + (±∆ K
d
) + (±∆K
s

“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida mehnat 
unumdorligini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichni “Zanjirli bog‘lanish” usulining 
qoidalariga amal qilgan holda tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga 
ega bo‘lindi (15.5-jadval). 


353 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin