R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

Jami: 
200 
100 
202 
100 
+2 

Bunday 
o‘zgarish 
biznes-rejaga 
nisbatan 
rahbar 
xodimlarning
3 kishiga va xizmatchilarning 2 kishiga kamayishi hisobiga sodir bo‘lgan. Albatta, 
jamiyatda rahbar xodimlar va xizmatchilar sonining ko‘payishi jamiyat uchun 
samara bermaydi. Shu sababli ham jamiyat ularning sonini qisqartirish hisobiga 
bevosita ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashadigan va ishlab 
chiqarish faoliyatini yaxshilashga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar sonini 
oshirishga harakat qilgan. Bu esa, jamiyatda ishlab chiqarish samaradorligining 
ortishiga olib kelishi mumkin. Qachon-ki, jamiyat mavjud mehnat resurslaridan 
samarali foydalanishni tashkil etgan bo‘lsa. Shu bois, mehnat resurslari bilan 
ta’minlanganlik darajasini o‘rganish bilan bir qatorda, ulardan foydalanish 
samaradorligi ham tahlil qilib o‘rganiladi. 
Mehnat resurslaridan foydalanishning umumlashgan ko‘rsatkichi bo‘lib, ish 
vaqti fondi (IVF) hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxonada mahsulot ishlab chiqarish 


345 
hajmining o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ko‘rsatkich ishchilar 
sonini (I
s
), bir ishchining o‘rtacha ishlagan kunlari soniga (K
k
) va ish kunining 
davomiyligiga (K
d
) ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Uni quyidagicha matematik 
formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
IVF = I
s
× K
k
× K
d
, (15.1) 
Yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki, ish vaqti fondining o‘zgarishiga 
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
-
ishchilarning o‘rtacha yillik sonining (I
C) 
o‘zgarishi; 
-
bir ishchining o‘rtacha ishlagan kunlari sonining (K
k
) o‘zgarishi; 
-
ish kuni davomiyligining (K
d
) o‘zgarishi. 
Mazkur omillarning ish vaqti fondiga ta’sirini aniqlashda zanjirli bog‘lanish 
usulidan foydalanish mumkin. Buning uchun dastlab, bazis davridagi ish vaqti 
fondini har bir omil hisobiga ketma-ket almashtirib quyidagi bog‘lanish 
ko‘rsatkichlari aniqlab olinadi: 
1. IVF
0
= I
s0
× K
k0
× K
d0
– bazis davridagi ish vaqti fondi; 
2. IVF
sh1
= I
s1
× K
k0
× K
d0
– 1-shartli ish vaqti fondi; 
3. IVF
sh2
= I
s1
× K
k1
× K
d0
– 2-shartli ish vaqti fondi; 
4. IVF
1
= I
s1
× K
k1
× K
d1
– hisobot davridagi ish vaqti fondi. 
Ish vaqti fondining umumiy o‘zgarishi hisobot davridagi ish vaqti fondidan 
bazis davridagi ish vaqti fondini chegirish orqali aniqlanadi: 
±∆ IVF = (I
s1
× K
k1
× K
d1
) - (I
s0
× K
k0
× K
d0

Shundan so‘ng, ish vaqti fondining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob 
qilinib aniqlanadi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: 
-
ishchilar sonining o‘zgarishi ish vaqti fondining o‘zgarishiga qanday ta’sir 
ko‘rsatganligi aniqlash uchun 1-shartli ish vaqti fondi ko‘rsatkichidan bazis 
davridagi ko‘rsatkichni chegirish lozim: 
±∆I
s
= (I
s1
× K
k0
× K
d0
) - (I
s0
× K
k0
× K
d0

-
bir ishchining ishlagan kishi kunlarining o‘zgarishini ish vaqti fondiga 
ta’sirini aniqlash uchun 2-shartli ish vaqti fondidan 1-shartli ish vaqti fondi 


346 
ko‘rsatkichini chegirish kerak: 
±∆K
k
= (I
s1
× K
k1
× K
d0
) - (I
s1
× K
k0
× K
d0

-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishini ish vaqti fondiga ta’sirini aniqlash 
uchun hisobot davridagi ish vaqti fondidan 2-shartli ish vaqti fondi ko‘rsatkichini 
chegirish lozim: 
±∆K
d
= (I
s1
× K
k1
× K
d1
) - (I
s1
× K
k1
× K
d0

Ushbu omillarning ta’sir ko‘rsatish natijalarining yig‘indisi ish vaqti 
fondining umumiy farqiga teng bo‘lishi kerak: 
±∆IVF = (±∆I
C) 
+ (±∆K
k
) + (±∆K
d

Mazkur hisob-kitoblarning amaliy isbotini “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (15.2-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin