R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Mahsulotning tovarlilik darajasi qanday aniqlanadi?



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

9. Mahsulotning tovarlilik darajasi qanday aniqlanadi? 
A) Sotilgan mahsulot miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish 
orqali 
B) Sotilgan mahsulot miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga 
ko‘paytirish orqali 
C) Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini sotilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish 
orqali 
D) Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini sotilgan mahsulot miqdoriga ko‘paytirish 
orqali 
10. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi 
mehnat omillarini belgilang: 
A) Xodimlar soni va jami ishlangan kishi kunlarining o‘zgarishi 
B) Xodimlar soni, jami ishlangan kishi kunlari va kishi soatlarining o‘zgarishi 
C) Xodimlar soni, bir xodimning ishlagan kishi kunlari, ish kuni davomiyligi va 
xodimning bir soatlik ish unumining o‘zgarishi 
D) Ishchilar soni va mehnat unumdorligining o‘zgarishi 


342 
XV BOB. QAYTA ISHLASH KORXONALARINING MEHNAT 
RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIGI VA ULARDAN 
FOYDALANISH TAHLILI
15.1. Qayta ishlash korxonalarida mehnat resurslarini tahlil qilishning 
ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari 
Qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish hajmining ortishi va uning 
samaradorligining oshishi ko‘p omillarga, jumladan mehnat resurslari bilan 
ta’minlanganlik va ulardan foydalanish darajasiga ham bog‘liqdir. Chunki, mehnat 
resurslari ishlab chiqarish jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lib 
hisoblanadi. Ya’ni, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi qay darajada bo‘lishidan 
qat’iy nazar, inson omilining ishtirokisiz ishlab chiqarish yuzaga kelmaydi. Shu 
boisdan qayta ishlash korxonalarining mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi va 
ulardan foydalanish darajasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Qayta ishlash korxonalarida mehnat resurslarini tahlil qilib o‘rganish orqali 
uning ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, ish vaqtidan foydalanish va mehnat 
unumdorligi darajasi kabi ko‘rsatkichlarining holatiga baho beriladi. Tahlil 
natijalariga asoslangan holda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini 
yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu esa, kelgusida 
ishlab chiqarish hajmini oshishiga va sarf-xarajatlarni kamaytirish hisobiga 
mahsulot tannarxi darajasini pasaytirish imkonini beradi. 
Qayta ishlash korxonalarida mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va 
ulardan foydalanish tahlilining asosiy maqsadi ish vaqtidan samarali foydalanish 
va mehnat unumdorligini oshirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini 
ko‘paytirish va tannarxining darajasini pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatishdan 
iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
-
qayta ishlash korxonalarining mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik 
darajasini o‘rganish va baho berish; 
-
ish vaqtidan foydalanish darajasini o‘rganish va baho berish; 


343 
-
mehnat unumdorligi darajasini aniqlash va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarga baho berish; 
-
mehnat resurslarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini aniqlash 
va baho berish; 
-
mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini 
aniqlash. 
Qayta ishlash korxonalarining mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi va 
ulardan foydalanish tahlilining asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
-
biznes reja ma’lumotlari; 
-
statistik hisobotning “Mehnat hisoboti” (1-T shakl) jadvali ma’lumotlari; 
-
boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar (shtat jadvali, tabel, mahsulot ishlab 
chiqarish to‘g‘risida ma’lumotnoma va boshqalar) 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin