14.11-jadval
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda sotilgan mahsulot hajmining
o‘zgarishiga mehnat resurslari bilan bog‘liq omillar ta’sirining tahlili
№
Ko‘rsatkichlar
Hisobot yili
O‘zgarishi
(+;-)
Reja
Haqiqatda
1
Xodimlar soni, kishi
200
202
+2
2
Bir xodimning ishlagan kishi kunlari, kun
220
210
-10
3
Ish kunining o‘rtacha davomiyligi, soat
8,0
7,8
-0,2
4
Xodimning bir soatlik ish unumi, so‘m
1418,32
1733,34
+315,02
5
Sotilgan mahsulot hajmi, ming so‘m
499250
573520
+74270
336
14.11-jadval
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyatda sotilgan mahsulot hajmi hisobot yilida rejaga nisbatan
haqiqatda 74270 ming so‘mga ko‘paygan. Ushbu o‘zgarishga omillar ta’siri
quyidagicha bo‘lgan:
-
birinchi omil, xodimlar sonining hisobot yilida rejaga nisbatan haqiqatda
2 kishiga ko‘payishi sotilgan mahsulot hajmini 4992,0 ming so‘mga yoki
6,7 foizga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan:
±∆SM
x
= ∆X × K
0
× D
0
× Ks
0
= (+2) × 220 × 8 × 1418,32 = +4992,0 ming so‘m
-
ikkinchi omil, bir xodimning ishlagan kishi-kunlari rejaga nisbatan
haqiqatda 10 kunga kamayishi, sotilgan mahsulot hajmining 22920,0 ming so‘mga
kamayishiga olib kelgan:
±∆SM
k
= X
1
× ∆K × D
0
× Ks
0
= 202 × (-10) × 8 × 1418,32 = - 22920,0 ming so‘m
-
uchinchi omil, ish kuni davomiyligining rejaga nisbatan haqiqatda 0,2 soatga
qisqarishi, sotilgan mahsulot hajmini 12034,0 ming so‘mga kamayishiga ta’sir
ko‘rsatgan:
±∆SM
d
= X
1
×K
1
× ∆D × Ks
0
= 202 × 210 × (-0,2) × 1418,32= -12034,0 ming so‘m
-
to‘rtinchi omil, xodimning o‘rtacha bir soatlik ish unumi rejaga nisbatan
haqiqatda 315,02 so‘mga oshishi, sotilgan mahsulot hajmini 104232,0 ming
so‘mga ko‘payishiga olib kelgan:
±∆SM
Ks
=X
1
×K
1
× D
1
× ∆Ks =202 × 210 × 7,8×(+315,02)= +104232,0 ming so‘m
Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha
omillarning umumiy yig‘indisi natija ko‘rsatkichining o‘zgarishiga teng bo‘lishi
lozim:
±∆SM = (±∆SM
x
) +(±∆SM
k
) + (±∆SM
d
) + (±∆SM
KC)
= (+4992,0) + (- 22920,0)
+ (-12034,0) + (+104232,0) = +74270 ming so‘m
Bu sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning
ta’siri to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligidan dalolat beradi.
Demak, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda sotilgan mahsulot
hajmini yanada oshirishning ichki imkoniyatlari mavjud bo‘lib, undan jamiyat
337
rahbariyati foydalana olmagan. Ya’ni, agarda bir xodimning ishlagan kishi kunlari
va ish kunining davomiyligi rejasi to‘liq bajarilganda, sotilgan mahsulot hajmining
yanada oshishi ta’minlagan bo‘lar edi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘zgarishiga yuqorida
ko‘rsatilgan boshqa guruh omillarining ta’siri ham tahlil usullaridan foydalangan
holda shunday tartibda hisob-kitob qilish asosida tahlil qilib o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |