R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

14.5.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
Qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha sotish 
holatining tahlili ularning fizik miqdorlari va qiymatlari bo‘yicha amalga 
oshiriladi.
Birinchi navbatda har bir mahsulot turi bo‘yicha haqiqatda sotilgan 
miqdorini rejadagi mahsulot miqdoriga solishtirilib, Mutloq va nisbiy o‘zgarishlari 
aniqlanadi. 
Agarda hisobot yilida haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq sotilgan 
bo‘lsa, sotilgan mahsulot miqdorining o‘zgarishiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori (M) va ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlilik darajasining (T) 
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holatda sotilgan mahsulot miqdori (SM) 
quyidagicha aniqlanadi: 
SM = M × T, (14.3) 
Sotilgan mahsulot miqdorining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 
ta’sir darajalarini “Ko‘rsatkichlar farqi” usuli yordamida aniqlaymiz. 
Yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki, sotilgan mahsulot miqdorining 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi birinchi omil bu ishlab chiqarilgan mahsulotning 
fizik miqdorining o‘zgarishi hisoblanadi. Mazkur omilning ta’sirini aniqlash uchun 


332 
haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoridan (M
1
) rejadagi miqdorini (M
0

chegirib, rejadagi tovarlilik darajasiga (T
0
) ko‘paytirish lozim: 
±∆SM
m
= (M
1
– M
0
) × T

Sotilgan mahsulot miqdorining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi 
omil, mahsulot tovarlilik darajasining o‘zgarishi hisoblanadi. Mahsulotning 
tovarlilik darajasi sotilgan mahsulot miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi. Ushbu omilning ta’sirini aniqlash uchun 
haqiqatdagi va rejadagi tovarlilik darajalari o‘rtasidagi farqni haqiqatda ishlab 
chiqarilgan mahsulotning fizik miqdoriga ko‘paytirish lozim: 
±∆SM
t
= (T
1
– T
0
) × M

“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda “A” turdagi sotilgan 
mahsulot miqdori va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni
14.9-jadval ma’lumotlaridan foydalanilgan holda tahlil qilib o‘rganildi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin