R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Qayta ishlash korxonalarida mahsulot sifatining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
14.4. Qayta ishlash korxonalarida mahsulot sifatining tahlili 
Qayta 
ishlash 
korxonalari 
moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining 
asosiy 
samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
sifati hisoblanadi. Chunki, mahsulot sifatining oshishi o‘z navbatida, sotilgan 
mahsulot hajmining oshishiga va foydaning ko‘payishiga hamda rentabellik 
darajasining oshishiga olib keladi. Shuningdek, mahsulotga bo‘lgan talabning 
oshishiga, mahsulot bozorida raqobat kurashida yutib chiqish yoki o‘z mavqeini 
ushlab turish imkoniyatini yaratib, yuqori baholarda sotish orqali qo‘shimcha 
daromad olish imkonini beradi. 
Mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni umumiy, individual va 
bilvosita ko‘rsatkichlarga bo‘lgan holda o‘rganish mumkin. 
Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
sifatini ularning turlari va nimaga mo‘ljallanganidan qat’iy nazar tavsiflaydi: 
-
yangi mahsulotning umumiy mahsulot hajmidagi ulushi; 


328 
-
oliy sifatli mahsulotning jami mahsulot hajmidagi ulushi; 
-
mahsulotlarning o‘rtacha o‘lchangan bali; 
-
navlarga xoslikning o‘rtacha koeffitsiyenti; 
-
attestasiya qilingan va attestasiya qilinmagan mahsulotlar ulushi; 
-
sertifikatlangan mahsulotlar ulushi; 
-
jahon standartlariga mos keluvchi mahsulotning solishtirma kattaligi; 
-
eksportga 
chiqariladigan, 
shu 
jumladan, 
sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlarga eksport qilinadigan mahsulotlar ulushi. 
Mahsulot sifatining individual (ayrim) ko‘rsatkichlari uning xususiyatlaridan 
birini ifodalaydi: 
-
foydalilik (sutning yog‘liligi, oziq-ovqat mahsulotlarida oqsilning 
mavjudligi); 
-
ishonchlilik (chidamlilik, to‘xtovsiz ishlashi); 
-
texnologiklik, ya’ni konstruktorlik va texnologik yechimlarning 
samaradorligi (mehnattalablik, energiyatalablik); 
-
mahsulotning estetik ko‘rinishi. 
Bilvosita ko‘rsatkichlar — bu sifasiz mahsulot uchun jarimalar, brakka 
chiqarilgan mahsulotlarning ulushi, o‘tmay qolgan mahsulot ulushi, brak sababli 
yo‘qotishlar va h.k. 
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot sifati tahlil qilib o‘rganilar ekan, 
birinchi navbatda yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarning dinamikasini, rejani 
ularning darajasi bo‘yicha bajarilishini, ularning o‘zgarish sabablarini o‘rganish va 
korxona mahsulotining sifat darajasiga ko‘ra uning ishiga baho berish lozim. 
Mahsulot sifati tahlilining keyingi vazifasi mahsulot sifatining korxona 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari qiymatiga, ya’ni mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
hajmi, 
mahsulot 
sotishdan 
tushum 
va 
foyda 
kabi 
ko‘rsatkichlarning qiymatiga ta’sirini hisoblashdan iborat.
Shu o‘rinda mahsulot sotishdan tushum summasiga mahsulot sifatining 
ta’siri tahlilini ko‘rib chiqamiz. Ma’lumki, sotilgan mahsulot sifati o‘rtacha 


329 
navlilik koeffitsiyenti va o‘rtacha mahsulot birligini sotish bahosi ko‘rsatkichlari 
bilan ifodalanadi. 
O‘rtacha navlilik koeffitsiyenti sotilgan mahsulotning har bir navi bo‘yicha 
hisoblangan qiymatlarining jami summasini jami mahsulotning birinchi nav 
bo‘yicha hisoblangan qiymatining jami summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi: 
K
o‘n
= Σ(M
n
×Ul
n
×B
n
) / ΣM×B
1
n
, (14.2) 
Bunda: M – sotilgan mahsulot miqdori, Ul – sotilgan har bir navning ulushi (salmog‘i),
B – har bir sotilgan mahsulot bahosi; B
1
– mahsulot birinchi navining bahosi. 
Bu koeffitsiyent hisobot yili bo‘yicha tahlil qilinsa, sotilgan mahsulotning 
barcha navlari bo‘yicha qiymati joriy baholarda, agarda dinamik o‘zgarishi 
bo‘yicha tahlil qilinsa, barcha navlar bo‘yicha qiymati bazis yilining baholarida 
hisoblab olinishi kerak. 
Mazkur koeffitsiyent aniqlangandan so‘ng, hisobot yilidagi o‘rtacha navlilik 
koeffitsiyentini rejadagi yoki bazis davridagi o‘rtacha navlilik koeffitsiyentiga 
solishtirilib, mahsulot sifatining oshgani yoki pasaygani aniqlanadi. Hisobot 
yilidagi koeffitsiyent oshgan bo‘lsa, bu bazis davriga yoki rejalashtirilgan sifatiga 
nisbatan mahsulotning sifati oshganligini bildiradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin