R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

15.2-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda ishchilarning ish vaqtidan 
foydalanishi tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
Biznes reja 
Haqiqatda 
O‘zgarishi 
(+;-) 
Rejaning 
bajarilishi, % 
1. Ishchilar soni (I), kishi 
160 
165 
+5 
103 
2. Bir ishchining ishlagan 
kishi kunlari (K), kun 
220 
210 
-10 
95 
3. Bir ishchining ishlagan 
soatlari soni (S), soat 
1760 
1638 
-122 
93 
4. Ish kunining o‘rtacha 
davomiyligi (D), soat 
8,0 
7,8 
-0,2 
97 
5. Ish vaqti fondi (IVF), soat 
281600 
270270 
-11330 
96 
15.2-jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyatda mehnat resurslaridan foydalanish darajasi, ya’ni ish vaqti 
fondi biznes rejaga nisbatan haqiqatda 11330 soatga kamaygan. Bunga asosan 
biznes rejaga nisbatan haqiqatda bir ishchining ishlagan kishi kunlarining 10 kunga 
va bir ishchini ishlagan soatining 122 soatga kamayishi ta’sir ko‘rsatgan. 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda ish vaqti fondining biznes 
rejaga nisbatan kamayishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning 
ta’sir darajalari quyidagicha bo‘lgan: 
-
birinchi omil, ishchilar sonining biznes rejaga nisbatan haqiqatda 5 kishiga 


347 
ko‘payishi ish vaqti fondini 8800 soatga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
(165 × 220 × 8) - (160 × 220 × 8) = 290400 – 281600 = +8800 soat; 
-
ikkinchi omil, bir ishchini ishlagan kishi kunlarining biznes rejaga nisbatan 
haqiqatda 10 kunga kamayishi, ish vaqti fondini 13200 soatga kamayishiga ta’sir 
ko‘rsatgan: 
(165 × 210 × 8) - (165 × 220 × 8) = 277200 – 290400 = - 13200 soat; 
-
uchinchi omil, ish kuni davomiyligining biznes rejaga nisbatan haqiqatda
0,2 soatga kamayishi, ish vaqti fondining 6930 soatga kamayishiga ta’sir 
ko‘rsatgan: 
(165 × 210 × 7,8) - (165 × 210 × 8) = 270270 – 277200 = - 6930 soat. 
Mazkur omillar ta’siri natijalarining yig‘indisi har doim ish vaqti fondining 
umumiy yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. 
Yuqoridagi hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, ish vaqti fondining o‘zgarishiga 
ishchilar sonining o‘zgarishi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, bir ishchini ishlagan 
kishi kunlari va ish kuni davomiyligini o‘zgarishi salbiy ta’sir ko‘rsatganligini 
ko‘rishimiz mumkin. Bu esa “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda 
mehnat resurslaridan foydalanish darajasining yomonlashganligidan dalolat beradi. 
Shu sababli, jamiyat rahbariyati ish vaqti fondidan foydalanish samaradorligini 
oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishi lozim. Bu albatta jamiyatda 
ish vaqti fondidan foydalanish bo‘yicha yo‘l quyilgan kamchiliklarni bartaraf etish 
va kelgusida foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin