9. Mutloq ko‘rsatkichlarga qanday ko‘rsatkichlar kiradi?
A) Natural (miqdor) va nisbiy ko‘rsatkichlar
B) Natural (miqdor) va qiymat ko‘rsatkichlar
C) Qiymat va nisbiy ko‘rsatkichlar
D) Miqdori va sifat ko‘rsatkichlar
56
III BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR MOLIYA-XO‘JALIK
FAOLIYATIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
3.1. Omilli tahlil va uning asosiy elementlari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan
iqtisodiy hodisa va jarayonlar ma’lum bir omillar ta’sirida ro‘y beradi. Shu sababli,
xo‘jalik subyekti faoliyatini yaxshilash uchun uning natijasiga qanday omillar
ta’sir ko‘rsatganligi o‘rganiladi. Shu tariqa omilli tahlil qilish orqali natijaga ijobiy
ta’sir ko‘rsatgan omillar ko‘chaytirish, salbiy ta’sir ko‘rsatgan omillarni bartaraf
qilish imkoniyatlari aniqlanib, aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tomonidan “Omilli tahlil deganda, natija
ko‘rsatkichining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi turli omillarning ta’sirini iqtisodiy
tahlilning an’anaviy, matematik va boshqa usullari orqali aniqlash yo‘llari
tushuniladi”
18
deb ta’rif berilgan.
Iqtisodchi olim E.A.Akramov esa “Omilli tahlil korxonalar faoliyatini
moliyaviy yakuni natijasi foyda tahlilining zaruriy qismidir”
19
deb ta’riflaydi.
Bunda omilli tahlil korxonalar faoliyatining yakuniy natijasi va unga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganishning bir usuli sifatida qaralmoqda.
Iqtisodchi olimlar E.E.Ergeshev va X.M.Davlyatovlar “Omilli tahlilda
natijalarga bir qancha omillarning ta’siri hisoblanib, mavjud imkoniyatlar
aniqlanadi va kelgusida ulardan samarali foydalanish yo‘llari belgilab beriladi”
20
deb ta’kidlaganlar. Bunda omilli tahlil tushunchasiga emas, balki omilli tahlil
qilish va uning natijasida aniqlanadigan imkoniyatlar va samarali foydalanish
yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Iqtisodchi olim M.Yu.Raximov tomonidan esa “Omilli tahlil – natijaviy
ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklarni va hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan
birliklarda aniqlash usulidir”
21
deb ta’rif beriladi. Bu yerda natijaga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar, ta’sir etuvchi birliklar sifatida keltirilgan. Fikrimizcha
18
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. “Zarafshon”, 2001. – 66 b.
19
Akramov E.A. Korxonalar moliyaviy holati tahlili. O‘quv qo‘llanma. – T., 2007. – 89 b.
20
Ergeshev E.E., Davlyatov X.M. Iqtisodiy va moliyaviy tahlil. –T.: “Adolat”, 2010. – 101 b.
21
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. – 41 b.
57
bunday talqin qilish o‘quvchida tushunchaga nisbatan noto‘g‘ri yondashishga olib
kelishi mumkin. Chunki, birlik deganda sanash, o‘lchash, hisoblash, qiyos qilish
uchun mezon sifatida qabul qilingan kattalik tushuniladi.
Fikrimizcha omilli tahlilga iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tomonidan berilgan
ta’rif eng sodda, oddiy va tushunarli yondashilgan. Shu sababli, ushbu iqtisodchi
olimning fikriga to‘liq qo‘shilamiz. Ta’rifdan ko‘rinadiki, omilli tahlilda asosan
ikkita element: natija va omil ishtirok etadi.
Bu yerda natija asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, iqtisodiy jarayonlar
natijasini ma’lum bir miqdorda ifoda etadi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish
jarayoni natijasi, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan o‘lchanadi. Xo‘jalik
yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati yakunining natijasi qilingan xarajatlar
va olingan daromadlar yoki ko‘rilgan foyda va zararlar kabi ko‘rsatkichlar bilan
ifodalanadi.
Omillar esa, shu natija ko‘rsatkichi miqdorining ko‘payishi (oshishi) yoki
kamayishi (pasayishi)ga ta’sir ko‘rsatadigan iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Masalan, fermer xo‘jaligida paxta yetishtirishdan olingan yalpi hosilning
o‘zgarishiga ekin maydoni va hosildorlik kabi ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatadi.
Ya’ni, ekin maydoning ko‘payishi yoki hosildorlik darajasining ko‘tarilishi yalpi
hosilning oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, ekin maydoni ko‘payganligi bilan
hosildorlik darajasi kamayib kesa ko‘zda tutilgan yalpi hosilga erishib bo‘lmaydi.
Bundan ko‘rinadiki, natija bilan unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, omillar esa bir-
biri bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiy ko‘rsatkichlarda
ifodalanadi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ifodalangan natija va unga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik matematik modellar ko‘rinishida
ifodalangan holda o‘rganiladi.
Bugungi kunda tahlilda natija va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishda quyidagi matematik modellar qo‘llanilib
kelinmoqda:
58
-
additiv model;
-
multiplikativ model;
-
kasrli model.
Additiv model. Bu model natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik qo‘shuv
bilan ifodalanganda qo‘llaniladi. Masalan, natijani “Y” bilan, omillarni “X” bilan
ifodalaydigan bo‘lsak, agarda “Y” natija bir nechta omillar “X
1
, X
2
... X
n
”
yig‘indisidan iborat deb faraz qiladigan bo‘lsak, u holda additiv modelning
ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Y = ∑
X
i
= X
1
+ X
2
+X
3
+ … + X
n
𝑛
𝑖=1
, (3.1)
Bu yerda, Σ yig‘indi belgisi; i – omillarning tartib soni; n – omillarning umumiy soni; X
i
– omil nomi.
Ushbu model amaliyotda ko‘p qo‘llaniladi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi
subyektning davr xarajatlari sotish xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xarajatlari va
boshqa operasion xarajatlardan iborat. Ushbu xarajatlarning yig‘indisi davr
xarajatlari umumiy summasini tashkil etadi. Uni aniqlash uchun additiv modeldan
foydalanganda quyidagi formulaga ega bo‘linadi:
DX = CX + MBX + BX, (3.2)
Bunda DX – davr xarajatlari; SX – sotish xarajatlari; MBX – ma’muriy-boshqaruv
xarajatlari; BX – boshqa operasion xarajatlar.
Multiplikativ model. Bu natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik
ko‘paytirish bilan ifodalanganda qo‘llaniladigan modeldir. Aytaylik, “Y” natija bir
qancha omillar (X
1
, X
2
... X
n
) ko‘paytmasidan iborat deb faraz qilamiz. U holda
multiplikativ modelning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
𝑌 = ∏ X
i
= X
1
× X
2
× X
3
× … × X
n
𝑛
𝑖=1
, (3.3)
Bu yerda, Π – ko‘paytirish belgisi; i – omillarning tartib soni; n – omillarning umumiy
soni; X
i
– omil nomi.
Bu model ham amaliyotda keng qo‘llaniladi. Chunki, juda ko‘p natija
ko‘rsatkichi omillarning ko‘paytmasidan iborat bo‘ladi. Masalan, fermer
xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotni sotishdan olingan pul tushumini ko‘rsatish
59
mumkin. Unga sotilgan mahsulot hajmi va bir birlik mahsulotning o‘rtacha sotish
bahosi kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omillarning ko‘paytmasi natija
ko‘rsatkichini, ya’ni pul tushumi summasini keltirib chiqaradi. Ular o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni multiplikativ model ko‘rinishida quyidagicha ifodalash
mumkin:
PT = SM x B, (3.4)
Bunda PT – mahsulot sotishdan olingan pul tushumi; SM – sotilgan mahsulot hajmi; B –
bir birlik mahsulotning o‘rtacha sotish bahosi.
Kasrli model. Bu esa natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘lish bilan
ifodalanganda qo‘llaniladi. Bunda bir vaqtning o‘zida hamma model turlari
qo‘llanilishi mumkin. Bunday hollarda kasrli model turli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Umuman olganda kasrli modelni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
𝑌 =
X
1
X
2
,
(3.5)
Ushbu modelni qo‘llanilishi bo‘yicha ham ko‘plab misollar keltirish
mumkin. Masalan, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotni hosildorlik
darajasini olaylik. Uni aniqlash uchun xo‘jalikda yetishtirilgan jami mahsulot
hajmini ekin maydoniga bo‘lish lozim. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kasrli
model ko‘rinishida quyidagicha ifodalash mumkin:
H = MH / M, (3.6)
Bunda H - hosildorlik; MH – yetishtirilgan mahsulot hajmi; M – ekin maydoni.
Dostları ilə paylaş: |