429
uslubi biroz murakkablashadi.
Shu bois, xalqaro amaliyotda sotish rentabelligini
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganishda tizimli yondashuvni
ta’minlash uchun quyidagi formula qo‘llaniladi:
YaF = (TA×DC) – DSX,
(17.25)
Bunda: Ds – 1 so‘mlik tovar aylanma hajmiga to‘g‘ri
keladigan marjinal daromad
stavkasi;
DSX – doimiy sotish xarajatlari summasi.
Marjinal daromadning o‘rtacha stavkasi (DC) o‘z navbatida o‘rtacha yalpi
daromadga (YaDD) va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar (O‘O‘X)ga bog‘liq :
Ds = YaDD – O‘O‘X,
(17.26)
Yalpi daromadning o‘rtacha darajasiga umumiy tovar aylanma hajmidagi
alohida tovarlar turlarining ulushi (Ul
i
) va i-tovar
turiga quyilgan ustamaning
miqdori (O‘YaD
i
) ta’sir ko‘rsatadi:
YaDD = Σ Ul
i
×O‘YaD
i
,
(17.27)
Tovar aylanma hajmi sotilgan tovarlar massasi (q) va tovarlar bahosi (r) ga
bog‘liq:
TA = Σq×p,
(17.28)
Sotish xarajatlari tovar aylanma hajmi (TA), o‘rtacha o‘zgaruvchan
xarajatlar (O‘O‘X) va doimiy sotish xarajatlari (DSX) summasiga bog‘liq:
SX= (Σq×p × O‘O‘X) + DSX
(17.29)
Shundan so‘ng, ta’minot tashkilotlari sotish rentabelligi tahlilining omilli
modeli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
R
s
= YaF×100/TA= (Σq×p ×[Σ(Ul
i
×O‘YaD
i
)–O‘O‘X
i
]–DSX)× 100/ Σq×p, (17.30)
Ushbu formula sotishning fizik hajmi,
tovarlar bahosi, tovar oboroti
strukturasi, i-tovarlar bo‘yicha yalpi daromad darajasi, o‘zgaruvchan
muomala
xarajatlarining o‘rtacha darajasi va doimiy xarajatlarning umumiy summasi
ko‘rsatkichlarining ta’siri hisobiga sotish rentabelligining qanday o‘zgarganligini
aniqlashga imkon beradi. Ushbu omillar ta’sirini aniqlash uchun ta’minot
tashkilotining quyidagi birlamchi ma’lumotlaridan foydalanamiz (17.13-jadval).