143
ko‘rsatkichni hisoblash uchun asosiy vositalar summasini (Av)
aktivlar jami
summasiga (B) bo‘lish lozim. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning aktivida asosiy
vositalarning ulushi qancha ekanligini ifodalaydi.
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi asosiy vositalar bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlardan yana biri bu o‘z mablag‘lar manbaining kapitallashganlik
koeffitsiyentidir. Bu ko‘rsatkichni (Ko‘mk) aniqlash uchun asosiy vositalar (Av)
summasidan uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarni (Umkq) ayirib, natijani o‘z
mablag‘lari summasiga (O‘m) bo‘lish kerak. Mazkur ko‘rsatkich o‘z mablag‘lari
manbaining qancha qismi asosiy vositaga sarf
qilinganligi yoki asosiy
vositalarning qancha qismi o‘z mablag‘lari evaziga shakllanganligini ko‘rsatib
beradi.
Keyingi ko‘rsatkich bu asosiy vositalar jamg‘arilishining intensivligi (Kin)
ko‘rsatkichi bo‘lib, uni aniqlash uchun asosiy vositalarning joriy yildagi eskirish
summasini (Avje) asosiy vositalarning umumiy summasiga (Av) bo‘lish lozim. Bu
ko‘rsatkich umumiy asosiy vositalarning qancha
qismi bir joriy yilda
jamg‘arilganligini ko‘rsatadi.
Mazkur guruhga kiruvchi yana bir muhim ko‘rsatkich asosiy vositalar
jamg‘arilishining umumiy koeffitsiyentidir (Kavju). Ushbu ko‘rsatkich asosiy
vositalarning jamg‘arilgan eskirish summasini (Ave) umumiy asosiy vositalar
qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning
miqdori asosiy vositalar
umumiy qiymatining qancha qismi jamg‘arilganligini ifodalaydi.
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi asosiy vositalar bilan bog‘liq mazkur
ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligining moliyaviy hisobot ma’lumotlari
asosida tahlil qilib o‘rganganimizda qo‘yidagi natijalarga ega bo‘lindi
(6.10-jadval).