R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.5-jadval 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan 
bog‘liq ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi 
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar 
Chetdan jalb qilingan 
kapital-ning to‘planish 
(konsentrasiyasi) 
koeffitsiyenti (Kchjk) 
Chetdan jalb qilingan 
kapitalning tarkibiy 
koeffitsiyenti (Kchjkt) 
O‘z mablag‘larining 
umumiy qaramlilik 
koeffitsiyenti (Kuq) 
O‘z mablag‘larining 
uzoq muddatli pas-
sivlarga qaramlilik 
koeffitsiyenti (Kupq) 
 
Kchjk = Chjm / B 
bunda: 
Chjm 
– 
chetdan jalb qilingan 
mablag‘ 
 
Kchjkt=Uchm/Chjm 
bunda: Uchm- uzoq 
muddatli chetdan jalb 
qilingan mablag‘ 
 
Kuq= Chjm/O‘m 
 
Kupq = Ump / O‘m 
bunda: Ump - uzoq 
mudatli passivlar 
Chetdan 
jalb 
qilingan 
mablag‘larning 
(kapitalning) 
to‘planishi 
(konseptrasiyasini) ifodalovchi ko‘rsatkich ularning umumiy mablag‘lardagi 
xissasini (Kchjk) aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu ko‘rsatkichni topish uchun 
chetdan jalb qilingan mablag‘lar summasini (Chjm) umumiy mablag‘lar 
summasiga (B) bo‘lish lozim. Uning hajmi qancha kam bo‘lsa korxona uchun 
shuncha yaxshi, chunki bu korxona o‘z faoliyatida mablag‘ni chetdan jalb 
qilmasdan amalga oshirayotganligidan dalolat beradi.
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar ichida uzoq muddatli qarzlar hissaning 
koeffisenti ham moliyaviy barqarorlikni ifodalash uchun muhim ko‘rsatkichdir. 
Chetdan jalb qilingan mablag‘larning (kapitalning) tarkibiy koeffitsiyenti (Kchjkt) 
ni aniqlash uchun uzoq muddatli chetdan jalb qilingan mablag‘larni (Uchm) 
korxonaning umumiy chetdan jalb qilingan mablag‘iga (Chjm) bo‘lish yo‘li bilan 
aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning uzoq muddatli chetdan jalb qilingan 


137 
mablag‘ining umumiy chetdan jalb qilingan mablag‘dagi hissasini ko‘rsatadi. O‘z 
mablag‘i yetarli bo‘lmay turgan vaqtda uzoq muddatli qo‘yilmalardan foydalanish 
korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun asosiy omil bo‘lib 
hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishda o‘z mablag‘larining uzoq muddatli 
passivlarga qaramlik koeffitsiyentini (Kupq) aniqlash va o‘rganish muhim 
ahamiyatga ega. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun uzoq muddatli chetdan jalb 
qilingan passivlarni (Ump) o‘z mablag‘lari umumiy summasiga (O‘m) bo‘lish yo‘li 
bilan aniqlaymiz. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘larida chetdan jalb 
qilingan uzoq muddatli qo‘yilmalarning (passivlarning) hissasi qanchani tashkil 
qilishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich hajmining yaxshi yoki yomonligi to‘g‘risida 
korxona faoliyatining holatiga qarab xulosa qilish mumkin. 
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni quyidagi jadval ma’lumotlari asosida tahlil qilib 
o‘rganganimizda quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lindi (6.6-jadval). 
6.6-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Sharq” fermer xo‘jaligi 
moliyaviy barqarorligining chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlari yil davomida kamaygan. Bu esa, fermer xo‘jaligining moliyaviy 
barqarorligi ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Jumladan, chetdan jalb qilingan 
mablag‘lar to‘planishini ifodalovchi koeffitsiyent hisobot yilining oxirida 0,314 
koeffitsiyentni tashkil qiladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, fermer xo‘jaligining umumiy 
moliyaviy potensialining 31,4 % chetdan jalb qilingan mablag‘lardir. Bu 
ko‘rsatkichning hissasi hisobot yilining boshiga nisbatan -0,069 koeffitsiyentga 
yoki 18 % ga kamaygan. Bu esa, fermer xo‘jaligi o‘z mablag‘larining umumiy 
mablag‘lardagi ulushi ko‘payib borayotganligini anglatadi. 
Uzoq muddatli chetdan jalb qilingan mablag‘larining o‘z mablag‘laridagi 
ulushi esa fermer xo‘jaligida yil boshidagiga nisbatan 0,292 koeffitsiyentga yoki 
41,8 % ga kamaygan holda yil oxirida 40,7 % ni tashkil qilgan. Shuningdek, uning 
ulushi chetdan jalb qilingan barcha mablag‘lar tarkibida hissasi ham 
kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. 


138 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin