R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-rasm. Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.2-rasm. Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi
Birinchi navbatda korxonaning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar tizimining birinchi guruhiga, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar tahlilini ko‘rib chiqamiz. Ushbu guruh o‘z mablag‘larining 
to‘planish (konsentrasiyasi) koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti va o‘z 
mablag‘larining harakatchanlik (manyovrlik) koeffitsiyenti kabi ko‘rsatkichlardan 
iborat (6.3-jadval). 
6.3-jadval 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi 
O‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar 
O‘z 
mablag‘larining 
to‘planish (konsentrasiyasi) 
koeffitsiyenti (Ko‘mt) 
Moliyaviy 
qaramlik 
koeffitsiyenti (Kmq) 
O‘z 
mablag‘larining 
harakatchanlik (manyovrlik) 
koeffitsiyenti (Ko‘h) 
 
Ko‘mt = O‘m / B 
bunda: 
O‘m 

o‘z 
mablag‘lari, B-balans jami
 
Kmq = B /O‘m 
 
Ko‘h = Uhm / O‘m 
bunda: 
Uhm 

umumiy 
harakatdagi mablag‘lar
O‘z 
mablag‘larining 
to‘planishini 
(konsentrasiyasini) 
ifodalovchi 
koeffitsiyent (Ko‘mt). Mazkur ko‘rsatkich ushbu mablag‘larning umumiy 
mablag‘lardagi hissasini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich o‘z mablag‘larining (xususiy 
kapital) umumiy summasini (Um) buxgalteriya balansi umumiy summasiga (B) 
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning umumiy 
mablag‘larining qancha qismi o‘z mablag‘lari manbasini tashkil qilishini 
ifodalaydi.
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlardan yana biri bu 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
O‘z mablag‘lari bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar 
Harakatdagi mablag‘lar 
bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar 
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan 
bog‘liq ko‘rsatkichlar 
Aylanma mablag‘lar bilan 
bog‘liq ko‘rsatkichlar 
Asosiy vositalardan 
foydalanish bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar 


134 
moliyaviy qaramlik koeffitsiyentidir (Kmq). Bu ko‘rsatkich balans umumiy 
summasini (B) o‘z mablag‘lari (Um) summasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Mazkur ko‘rsatkich hajmini tahlil qilganda uning kamayishiga e’tibor berilishi 
lozim. Bu ko‘rsatkichning hajmi qancha kamayib borsa korxonaning o‘z mablag‘i 
shuncha 
ko‘payib 
borayotganligidan 
va 
uning 
moliyaviy 
qaramligi 
kamayganligidan, ya’ni yaxshilanayotganligidan, dalolat beradi. Agarda ushbu 
ko‘rsatkichning hajmi qancha ko‘paysa, shunchalik korxona moliyaviy qaram 
bo‘layotganligini ifodalaydi. 
O‘z mablag‘larining harakatchanlik (manyovrlik) koeffitsiyentini (Ko‘h) 
aniqlash uchun umumiy harakatdagi mablag‘larning summasini (Uxm) o‘z 
mablag‘lari (O‘m) summasiga bo‘lish lozim. Bunda umumiy harakatdagi 
mablag‘lar summasi (Uxm) buxgalteriya balansi ma’lumotlariga asosan 
korxonaning o‘z mablag‘lariga (O‘m) uzoq muddatli passivlarni qo‘shish, asosiy 
vositalar va oborotda bo‘lmagan aktivlarni ayirib tashlash orqali aniqlanadi. 
Mazkur ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligi moliyaviy hisobot 
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lindi (6.4-jadval). 
6.4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida o‘z 
mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar hajmi turli yo‘nalishga ega bo‘lgan. Masalan, o‘z mablag‘larining 
to‘planishini (konsentrasiyasini) ifodalovchi koeffitsiyent yil boshida 0,460 
koeffitsiyentdan yil oxiriga borib 0,612 koeffitsiyentgacha oshgan. Demak, ushbu 
miqdor fermer xo‘jaligining 61,2 % mablag‘i o‘z mablag‘i ekanligidan dalolat 
beradi. Hamda o‘z mablag‘larining to‘planishini ifodalovchi koeffitsiyentning yil 
boshiga nisbatan o‘zgarishi +0,152 ga yoki 33 % ga ko‘paygan. Bu esa, fermer 
xo‘jaligining o‘z mablag‘i o‘sish sur’atining (172 %) umumiy mablag‘i o‘sish 
sur’atiga nisbatan (129,2 %) yuqori ekanligi hisobiga sodir bo‘lgan. Fermer 
xo‘jaligining moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti esa joriy yil boshida 2,174 
koeffitsiyentdan yil oxiriga kelib 1,633 koeffitsiyentgacha kamaygan. 


135 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin