132
chiqariladi.
Korxona moliyaviy barqarorligi tahlili haqida so‘z borar ekan,
iqtisodchi
olim M.Q.Pardaev “Korxonaning moliyaviy barqarorligi deganda uning faoliyatini
moliyaviy jihatdan bir maromda uzluksiz ta’minlab turishi tushuniladi. Moliyaviy
jihatdan ta’minlanish faqatgina moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish emas, balki
uning juda ko‘p qirralari, tomonlari mavjud. Chunki xo‘jalik faoliyatining uzluksiz
sodir bo‘lib turishi uchun birgina moliyaviy resurslar yetarli emas. Bu
resurslarning ta’minlanishi uchun boshqa moddiy,
mehnat kabi bir qancha
resurslarning ham yetarli miqdorda bo‘lishi lozim. Shu tufayli moliyaviy
barqarorlikni baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimidan
foydalanish maqsadga
muvofiq”
44
deb ta’kidlab o‘tganlar. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha moliyaviy
barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni iqtisodiy mohiyati jihatidan beshta
guruhga bo‘lish mumkin:
-
o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;
-
chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;
-
harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;
-
aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;
-
asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Bizning fikrimizcha ham korxonaning moliyaviy
barqarorligini tahlil qilib
o‘rganishda ushbu iqtisodchi olim tomonidan tavsiya qilingan korxona moliyaviy
barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq
hisoblanadi (6.2-rasm).
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar tizimiga kiruvchi har bir guruh ko‘rsatkichlari o‘z
navbatida bir qancha ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Bunday ko‘rsatkichlar tizimi
amaliyotda foydalanish uchun juda qulaydir. Ammo har bir ko‘rsatkich bo‘yicha
to‘liq xulosaga kelish uchun ularning har bir guruhini alohida o‘rganish lozim. Shu
bois, yuqorida tavsiya qilingan ko‘rsatkichlarni buxgalteriya
balansi va boshqa
moliyaviy hisobot shakllari ma’lumotlariga asosan hisoblash usullarini ko‘rsatish
44
Pardaev M.Q. Moliyaviy tahlil (ma’ruza matni). Samarqand 2007 y. -275 b.