127
Bugungi kunda amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning zamonaviy ish
yuritish sharoitlariga mos keluvchi buxgalteriya balansi O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
(1-ilova). U ikki qismdan iborat bo‘lib, uning aktiv qismida uzoq muddatli aktivlar
va joriy aktivlar, passiv qismida esa o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlar aks
ettiriladi (6.1-rasm).
6.1-rasm. Buxgalteriya balansini tuzilishi
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv jami summalari o‘zaro teng bo‘ladi.
Buxgalteriya balansining aktiv qismi ikki bo‘limdan iborat:
-
balansning birinchi bo‘limi “
Uzoq muddatli aktivlar”
deb nomlanib,
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlang‘ich, amortizasiya va qoldiq
qiymatda, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha
olingan asosiy vositalar, uzoq
muddatli investisiyalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar,
kapital quyilmalar hamda
uzoq muddatli debitorlik qarzlari va boshqa uzoq muddatli aktivlardan iboratdir.
-
balans aktivining ikkinchi bo‘limi “
Joriy aktivlar”
deb nomlanib, tovar-
moddiy zaxiralar (tovar-moddiy qiymatliklar,
tugallanmagan ishlab chiqarish,
ishlab chiqarishdagi yaroqsizliklar), kelgusi davr xarajatlari, muddati kechiktirilgan
xarajatlar, olinadigan schyotlar (xaridor va buyurtmachilarning qarzi, alohida
bo‘linmalarning
qarzlari, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzlari,
xodimlarga berilgan avanslar, mol yetkazib beruvchi
va pudratchilarga berilgan
avanslar, byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, maqsadli
davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ta’sischilarning
ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzlari, xodimlarning
boshqa operasiyalar
bo‘yicha qarzlari va boshqa debitorlik qarzlari), pul mablag‘lari (kassadagi pul
mablag‘lari, hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, xorijiy valyutadagi pul
Dostları ilə paylaş: