R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

ta’rif berilgan? 
A) Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini mutloq va nisbiy farqlash orqali 
o‘zgarishlarini aniqlash usulidir
B) Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini tarkibiy o‘rganish usulidir
C) Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlaridan foydalanib, moliyaviy koeffitsiyent 
ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida baholash usulidir 
D) Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini bazis (asoC) ko‘rsatkichiga nisbatan 
dinamik o‘rganish usulidir 
9. Qaysi javobda moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan moliyaviy koeffitsiyentlar 
usuliga to‘g‘ri ta’rif berilgan? 
A) Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini bazis (asoC) ko‘rsatkichiga nisbatan 
dinamik o‘rganish usulidir
B) Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlaridan foydalanib, moliyaviy koeffitsiyent 
ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida baholash usulidir 
C) Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini tarkibiy o‘rganish usulidir
D) Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini mutloq va nisbiy farqlash orqali 
o‘zgarishlarini aniqlash usulidir 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


125 
II BO‘LIM. MOLIYAVIY TAHLIL 
 
VI BOB. KORXONANING MOLIYAVIY HOLATINI TAHLILI 
6.1. Korxona moliyaviy holatini o‘rganishning ahamiyati, tahlil maqsadi, 
vazifalari va axborot manbalari 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish 
va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish 
bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash korxonalar moliyaviy 
holati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi. Chunki, korxona moliyaviy 
faoliyatini tahlil qilish orqali moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb etilmagan 
resurslarni o‘z vaqtida aniqlab, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha mavjud 
imkoniyatlarni aniqlash imkonini beradi. 
Korxona moliyaviy holati bu keng ko‘rsatkichlar yordamida, kompleks 
usullaridan foydalanib, korxonalarning moliyaviy resurslari mavjudligi, holati, 
joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini, ishlab chiqarish va xo‘jalik 
omillarining harakati, ularning o‘zaro aloqadorlik natijasini, xo‘jalik faoliyati 
uchun zarur bo‘lgan moliyaviy rusurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali 
foydalanishni hamda boshqa xo‘jalik subyektlari bilan o‘zaro aloqalarini 
ifodalaydi. 
Korxona moliyaviy holati tahlilining maqsadi bo‘lib, korxona moliyaviy 
ahvolini har tomonlama o‘rganib, mablag‘lari va ularning manbalarini joylashishi, 
o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z muddatida bajarilishi va moliyaviy intizomga 
qanchalik amal qilinganligini aniqlab, mablag‘lardan yanada to‘g‘ri foydalangan 
holda hisob-kitob tartibini mustahkamlash hamda moliyaviy ahvolini yaxshilash 
bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan 
kelib chiqqan holda korxona moliyaviy holati tahlilining asosiy vazifalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
- korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama o‘rganib, uning holatiga 


126 
aniq va xolisona baho berish; 
- mablag‘ va manbalarning joylashishini tekshirish, ularni to‘g‘ri yo‘nalishda 
ishlatilganligini aniqlash; 
- hisoblashish ishlarining o‘z muddatida bajarilganligi, debitorlik va 
kreditorlik qarzlari tarkibini o‘rganish; 
- korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘lari bilan qarz mablag‘lari o‘rtasidagi 
nisbat va aylanma mablag‘larni o‘z mablag‘lari manbalari bilan ta’minlanganligini 
o‘rganish; 
- moliyaviy intizomga amal qilishini aniqlash va to‘lov qobiliyatiga baho 
berish; 
- korxonaning mol-mulk va mablag‘lar harakatchanlik darajasini o‘rganish; 
- aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish holatiga baho berish va 
korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar 
ishlab chiqish. 
Mazkur vazifalarning bajarilishi korxona moliyaviy holatini har tomonlama 
o‘rgangan holda uning holatiga aniq va xolisona baho berish imkonini beradi. 
Korxonaning moliyaviy holati tahlilini asosiy axborot manbalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
-
buxgalteriya balansi (1-shakl); 
-
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl); 
-
pul oqimlari haqidagi hisobot (4-shakl); 
-
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl); 
-
buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schetlari ma’lumotlari. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin