5.4-rasm. Moliyaviy koeffitsiyentlar tasnifi Birinchi guruh tarkibiy koeffitsiyentlar deb nomlab, ular bir xil asosli
jamlangan qatorlarda birlik qatorlarning salmog‘ini tavsiflaydi. Tarkibiy
koeffitsiyentlarga balans jami aktivi tarkibida uzoq muddatli va joriy aktivlarning
salmog‘i, joriy aktivlar tarkibida likvid aktivlar (tovar moddiy zaxiralar, debitorlik
majburiyatlari va pul mablag‘lari)ning salmog‘i, balans jami passivi tarkibida o‘z
va qarz mablag‘lari salmog‘i, majburiyatlar tarkibida uzoq va qisqa muddatli
majburiyatlar salmog‘i va boshqa koeffitsiyentlar kiradi.
Ikkinchi guruhi esa nisbat koeffitsiyentlari bo‘lib, ular har xil asosli
ko‘rsatkichlarni o‘zaro nisbatlash orqali hisob-kitob qilingan holda aniqlanadi.
Nisbat koeffitsiyentlariga moliyaviy mustaqillik, qaramlik, barqarorlik, to‘lov
qobiliyati, rentabellik ko‘rsatkichlari va boshqa koeffitsiyentlar kiradi.
Moliyaviy tahlilda moliyaviy koeffitsiyentlar tahlilini yuqoridagi kabi
tasniflagan holda tahlil qilib o‘rganish xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy
holatiga xolisona baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Moliyaviy koeffitsiyentlar
Tarkibiy koeffitsiyentlar
Nisbat koeffitsiyentlari
- balans jami aktivi tarkibida uzoq
muddatli va joriy aktivlarning salmog‘i;
- joriy aktivlar tarkibida likvid aktivlar
(tovar
moddiy
zaxiralar,
debitorlik
majburiyatlari va pul mablag‘lari)ning
salmog‘i;
- balans jami passivi tarkibida o‘z va qarz
mablag‘lari salmog‘i;
- majburiyatlar tarkibida uzoq va qisqa
muddatli majburiyatlar salmog‘i va boshqa
koeffitsientlar.
- moliyaviy mustaqillik koeffitsienti;
- moliyaviy qaramlik koeffitsienti;
- moliyaviy barqarorlik koeffitsienti;
- to‘lov qobiliyati koeffitsienti;
- mablag‘larning chaqqon harakatchanlik
(likvidlik) koeffitsienti;
- rentabellik ko‘rsatkichlari va boshqa
koeffitsientlar kiradi.