NAZORAT SAVOLLARI 1. Moliyaviy tahlil metodi va uning usullari qanday turkumlanadi?
2. Tahlilda qo‘llaniladigan usullar qanday tasniflab o‘rganiladi?
3. Moliyaviy tahlilning qanday maxsus usullari bor?
4. Oddiy-an’anaviy usullar guruhiga qanday usullar kiradi?
5. Iqtisodiy-matematik usullarga qisqacha izoh bering?
6. Zanjirli bog‘lanish usulining mohiyatini tushuntirib bering?
7. Ko‘rsatkichlar farqi usulining o‘ziga xos xususiyatini aytib bering?
8. Integral usul qanday afzalliklarga ega?
9. Moliyaviy hisobotni o‘qish deganda nimani tushunasiz?
10. Gorizontal va vertikal tahlil qanday amalga oshirilishini tushuntiring?
NAZORAT TESTLARI 1. Moliyaviy tahlil fanining metodiga berilgan to‘g‘ri ta’rifni ko‘rsating? A) Moliyaviy tahlil fanining metodi - bu uning predmetini makon va zamonda,
axborot manbalarida ifodalangan ko‘rsatkichlar asosida tizimli, kompleks tarzda
o‘rganish, obyektning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun moliyaviy
resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlash va ularni xo‘jalik
faoliyatiga jalb qilish maqsadida qo‘llaniladigan usullar majmuidir.
B) Moliyaviy tahlil fanining metodi - bu moliyaviy faoliyatdagi yutuq va
kamchiliklarni aniqlab, mablag‘lardan yanada to‘g‘ri foydalangan holda hisob-
kitob tartibini mustahkamlashga qaratilgan usullar majmuidir.
C) Moliyaviy tahlil fanining metodi - bu axborot manbalarida ifodalangan
ko‘rsatkichlar
asosida
moliyaviy
resurslardan
samarali
foydalanish
imkoniyatlarini aniqlash va ularni xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish maqsadida
qo‘llaniladigan usullar majmuidir.
D) Moliyaviy tahlil fanining metodi - bu xo‘jalik jarayonlarining holati va
rivojlanishini dialektika uslubiga asosan o‘rganadi. Bunga xo‘jalikning ichki
imkoniyatlarini topish va ish jarayoni samaradorligini oshirish yo‘llarini
122
belgilash maqsadida ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy qonunlar tarkibiy
qismlarini alohida-alohida ko‘rib chiqish orqali erishiladi.