1-топшириқ. Нисбий миқдорлар ва уларни ифодаланиш шакллари. Таянч иборалари: коэффициентлар, фоизлари, промилле, продицимелле.
2-топшириқ. Дисперсия турлари. Таянч иборалари: гуруҳлар ичидаги ва гуруҳлараро дисперсиялар, дисперсияларни қўшиш қоидаси.
3-топшириқ. Корхонада бир детални ишлаб чиқариш учун сарфланган иш вақтини ўрганиш мақсадида 5% тасодифий такрорланмайдиган усулда танлама кузатуви ўтказилди ва натижалари қуйидагича:
Бир деталга сарфланган иш вақти, мин
10 гача
10-12
12-14
14-16
16 ва ундан кўп
Деталлар сони, дона
12
25
65
30
10
Ҳисобланг.
1. Бир деталга сарфланган ўртача иш вақтини, мин.;
2. Вариация кўрсаткичларини;
3. 0,997 эҳтимоллиги билан бош тўпламда бир деталга ўртача сарфланган иш вақтининг ишонч чегарасини, ҳамда 16 минутдан кўп иш вақти сарфланган деталлар улушининг ишонч чегарасини.
1-топшириқ. Нисбий миқдорлар ва уларни ифодаланиш шакллари. Таянч иборалари: коэффициентлар, фоизлари, промилле, продицимелле. Jamiyat taraqqiyotini nisbiy miqdorlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Xamma narsa taqqoslanishda bo`ladi. Ikki taqqoslama mutloq miqdorni bo`lish natijasida olingan umumlashtiruvchi miqdor statistikada nisbiy miqdorlar deb ataladi. Nisbiy miqdorlar kuzatish jarayonida olingan maluotlarni avvalgilariga solishtirish natijasida olinadi. Masalan: O`zbekiston Respublikasida 2017 yil yakuni bo`yicha o`tgan yilga nisbatan YaPI maxsulatida 5,3% ga o`sish kuzatildi. Nisbiy miqdorlar xar xil shakilda ifodalanishi mumkin. Ularning ifodalanish shakli bazis miqdorning (nisbat maxrajini) qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog`liqdir. Shunga qarab, nisbiy miqdorlar koefisientlarda, foizda, promillda proditsimillda ifodalanadi.
Agar bazis miqdor 1 ga tenglashtirilib olinsa, u xolda nisbiy miqdorlar koefisientda ifodalangan bo`ladi.
Agar bazis miqdor 100 ga tenglashtirilsa, u xolda nisbiy miqdorlar foizda ifodalangan bo`ladi.
Agar bazis miqdor 1000 ga tenglashtirilsa, u xolda nisbiy miqdor promilleda ifodalangan bo`ladi.
Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi Reja topshirig`i nisbiy miqdorlari. Buyurtma bajarilish nisbiy miqdorlari. Dinamika nisbiy miqdorlari. Tuzilma nisbiy miqdorlari. Koordinatsiyali nisbiy miqdorlari. Intensiv nisbiy miqdorlari. Obyektiv va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari. Nisbiy miqdorlar xisoblanayotgan taqqoslash bazasi (maxraj) qilib bir hil miqdorlar qabul qilinishi mumkin. Jumladan, bazis miqdor sifatida davlat buyurtmasi, o`tgan davr miqdori (hajmi), o`rganilayotgan xodisa yig`indisi, boshqa mintaqa ko`rsatgichi yoki qandaydir boshqa xodisalar ko`rsatkichi olinishi mumkin. Shunday qarab nisbiy miqdorlar quydagi asosiy turlarga bo`linadi: Reja topshirig`i
Reja topshirig`i – nisbiy miqdori rejalashtiralayotgan davr ko`rsatkichining oldingi yilning xaqiqiy ko`rsatkichiga nisbatan qanday o`zgarishi lozimligini ko`rsatadi va quyidagicha xisoblanadi:
RTNM= DRT •100 /D0 RTNM – reja topshirig`I nisbiy miqdori. DRT – Joriy davr uchun reja topshirig`i. Do – Bazis davrda xaqiqiy bajarilgan ko`rsatkich. Dinamika nisbiy miqdorlari Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi xodisa va jarayonlarning vaqt bo`yicha o`zgarishini avsiflaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini bazis davr ko`rsatkichiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo`lsa, u xolda xar bir keyingi davr darajasini undan oldingi davr darajasiga taqqoslash yo`li bilan ham dinamika nisbiy miqdorlarini aniqlash mumkin. Birinchi ko`rinishda xisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari bazisli, ikkinchisi esa zanjirsimon deb yuritiladi.
Umumiy ko`rinishda ular quyidagicha xisoblanadi: 1. DbNM =Di•100/D0 2. DzNM =Di•100/(Di-1) Bu yerda DbNM – bazisli usulda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari; Di – i davr darajasi; Di-1 – xar bir keyingi davr oldingi davr darajasi; D0 – bazis davr darajasi.