34
hamda unga foydalanuvchilar asoslanishsa ishonchli bo‘ladi. Ya’ni tahlil
qilinayotgan ma’lumotlar xatolardan xoli va haqqoniy deb qaraladi;
-
taqqoslanuvchanlik prinsipi.
Bunda ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligiga,
ularning bir asosli tarzda turli davrlar va boshqa korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi
xuddi shunday ma’lumotlar bilan qiyosiy o‘rganish tushuniladi;
-
betaraflilik
prinsipi.
Bu
prinsip
tahlil
ma’lumotlaridan
foydalanuvchilarning bir guruhining zarari hisobiga boshqa guruhining manfaatini
qondirishning o‘rinsizligini anglatadi;
-
davriylik prinsipi.
Bu olingan ma’lumotlarning davriy oralig‘i ya’ni,
xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan vaqtida ta’minlab turish;
-
mazmunning shakldan ustunligi prinsipi.
Agar
hisob-kitob hujjatlarida va
moliyaviy hisobotda axborot operasiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli
darajada
aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas,
balki
mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim
etilishi zarur;
-
aniq baholash prinsipi.
Aktivlar va foydaning
joriy davr bozor narxlarida
qayta ifodalanishi tushuniladi;
-
pulli baholash prinsipi.
Barcha xo‘jalik operasiyalari, voqealar, aktivlar va
passivlar bir xil birlikda o‘lchanishi – pul bilan baholanishi lozim;
-
hisobga olish prinsipi.
Bu prinsipga muvofiq aktivlar,
passivlar, o‘z
sarmoyasi, daromadlar,
xarajatlar, xo‘jalik operasiyalari va voqealar buxgalteriya
hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablag‘lari yoki ekvivalentlari olingan yoxud
to‘langan vaqtda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan paytda aks ettiriladi;
-
uzluksizlik prinsipi.
Dostları ilə paylaş: