159
quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (6.21-jadval).
6.21-jadval
“Sharq” fermer xo‘jaligida to‘lov qobiliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
tahlili
№
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan
yil
Hisobot yili
O‘zgarishi
(+;-)
1
Mutloq to‘lov qobiliyati
0,90
2,43
+1,53
2
Oraliq to‘lov qobiliyati
1,84
3,53
+1,69
3
Joriy to‘lov qobiliyati
2,80
4,71
+1,91
6.21-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligi o‘tgan
yilda mutloq to‘lov qobiliyatiga (0,90 koeffitsiyent) ega bo‘lmagan, biroq hisobot
yilida u mutloq to‘lov qobiliyatiga (2,43 koeffitsiyent) ega hisoblanadi. Ya’ni,
fermer xo‘jaligining mutloq to‘lov qobiliyati darajasi o‘tgan yilga nisbatan 1,53
koeffitsiyentga ko‘tarilgan. Bunday natija fermer xo‘jaligi
uchun ijobiy holat
hisoblanadi.
Fermer
xo‘jaligida boshqa to‘lov qobiliyatini ifodalovchi
ko‘rsatkichlarni ham o‘tgan yilga nisbatan
yaxshilanganligini jadval
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
Shunday qilib, “Sharq” fermer xo‘jaligini hisobot yilida mutloq to‘lov
qobiliyatiga ega xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida baholash mumkin. Chunki, bu
ko‘rsatkich fermer xo‘jaligida hisobot yilida 2,43 koeffitsiyentni tashkil qilgan. Bu
ko‘rsatkich fermer xo‘jaligida 1 so‘mlik to‘lov qarzlarini qoplash uchun 2,43 so‘m
pul mablag‘lari mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytganda, korxonaning to‘lov
qobiliyatini tahlil qilib
o‘rganishda uning holatiga yuqoridagi kabi baho berilishi, uning moliyaviy ahvoli
to‘g‘risida aniq xulosalar shakllantirish va zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: