233
D) Ustav kapitalining o‘zgarishi, qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi, rezerv
kapitalining o‘zgarishi va maqsadli tushumlar summasining o‘zgarishi
9. Xususiy kapital rentabelligining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir
ko‘rsatadi?
A) Ustav kapitalining o‘zgarishi, qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi, rezerv
kapitalining o‘zgarishi va taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi
B) Sof foyda summasining o‘zgarishi va xususiy kapital o‘rtacha
yillik
qiymatining o‘zgarishi
C) Ustav kapitalining o‘zgarishi, qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi, rezerv
kapitalining o‘zgarishi va sof foyda summasining o‘zgarishi hamda xususiy
kapital o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi
D) Yalpi foyda summasining o‘zgarishi va xususiy kapital o‘rtacha yillik
qiymatining o‘zgarishi
234
XI BOB. MOLIYAVIY NATIJALAR TAHLILI
11.1. Moliyaviy natijalar tahlilining ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot
manbalari
Moliyaviy natijalar – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum
hisobot
davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘larning pirovard
oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida faoliyat natijasi hisobot davridagi
foyda (yoki zarar)larni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
Bugungi kunda moliyaviy natija ko‘rsatkichlari, ularni hisoblash tartibi,
daromadlar va xarajatlarning tasniflanishi quyidagi
asosiy normativ-huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solinadi: “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun,
“Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar” nomli 2-sonli buxgalteriya
hisobi milliy standarti (BHMS), “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” nomli
3-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), “Xo‘jalik
yurituvchi
subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni
qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” nomli 21-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti
(BHMC) va “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
hamda boshqalar.
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra daromadlar va xarajatlar
moliyaviy natijalarni xarakterlovchi foyda (yoki zarar)ni o‘lchashga
daxldor
bo‘lgan elementlar hisoblanadi.
Daromadlar hisobot davrida aktivlarning kirimi yoki ko‘payishi yoxud
majburiyatlarning kamayishi shaklida iqtisodiy nafning o‘sishidir. Xarajatlar esa
hisobot davridagi aktivlarning chiqimi yoki kamayishi
yohud majburiyatlarning
ortishi shaklida iqtisodiy nafning kamayishidir.
Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy natijalar tahlili axborotdan
foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati samaradorligini,
aktivlarning boshqarilish darajasini hamda ichki imkoniyatlarini
baholashga va
uning kelgusi istiqbolini taxmin qilishga yordam beradi.
235
Moliyaviy natijalarni tahlilining asosiy maqsadi moliyaviy natija
ko‘rsatkichlarini chuqur o‘rgangan holda baho berish hamda omilli tahlil qilish
orqali ularni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatib, faoliyat samaradorligini oshirish
yo‘llarini belgilashdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda moliyaviy tahlilning
vazifalari quyidagilardan iborat:
-
moliyaviy
natijalarni
ifodalovchi
ko‘rsatkichlar va ularning to‘g‘ri
shakllantirilganligini o‘rganish;
-
moliyaviy natijalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish;
-
yalpi foyda (zarar) va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ta’siriga
baho berish;
-
asosiy faoliyat foydasi (zarari) va uning o‘zgarishini omilli tahlil qilish;
-
umumxo‘jalik faoliyati foydasi (zarari) va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni tahlil qilish;
-
soliq to‘langunga qadar olingan foyda (zarar)ning shakllanishiga va unga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarga baho berish;
-
sof foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish
hamda
baho berish;
-
sof foydani ko‘paytirish yo‘nalishlarini belgilab berish.
Moliyaviy natijalarni tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
-
biznes reja ma’lumotlari;
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari;
-
“Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari;
-
buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi tegishli schyot
ma’lumotlari.
Dostları ilə paylaş: