363
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi
C) Xodimlar sonining o‘zgarishi, ish kuni davomiyligining o‘zgarishi va bir kishi-
soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi
D) Ishchilarning umumiy xodimlar soni tarkibidagi ulushining o‘zgarishi, bir
ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlarining o‘zgarishi, ish kuni
davomiyligining o‘zgarishi va bir ishchining ish unumining o‘zgarishi
10. Bir ishchi hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdori qanday
aniqlanadi?
A) Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmini ishchilarning yillik o‘rtacha soniga
bo‘lish orqali aniqlanadi
B) Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmini ishchilarning yil davomida ishlagan
kishi-soatlariga bo‘lish orqali aniqlanadi
C) Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmini ishchilarning yil davomida ishlagan
kishi-kunlariga bo‘lish orqali aniqlanadi
364
XVI BOB. QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALAR,
NOMODDIY AKTIVLAR VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH
TAHLILINING XUSUSIYATLARI
16.1. Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligining tahlili
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishning
eng muhim omillaridan biri ularning asosiy vositalar
bilan yetarli darajada
ta’minlanganligi hamda ulardan samarali foydalanishdir.
Qayta ishlash korxonalarining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi
tahlilining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-
korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari asosiy vositalar bilan
ta’minlanganligi va ulardan foydalanish darajasini umumlashtiruvchi va xususiy
ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlash;
-
asosiy vositalardan foydalanish darajasining o‘zgarish sabablarini
aniqlash va baho berish;
-
asosiy vositalardan foydalanishning mahsulot
ishlab chiqarish hajmiga
ta’siri va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblash;
-
korxonada uskunalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
darajasini o‘rganish va baho berish;
-
asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini
aniqlash.
Tahlilning asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-
biznes-reja ma’lumotlari;
-
korxonaning texnik rivojlanish rejasi;
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari;
-
“Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari;
-
asosiy vositalarni qayta baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlar (1-qayta
baholash shakli);
-
asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkalari;
-
buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schyotlari
365
ma’lumotlari.
-
loyiha-smeta, texnik hujjatlar va boshqalar.
Asosiy vositalar tahlilida birinchi navbatda korxonada
asosiy vositalarning
tarkibi, tuzilishi, dinamikasi va holatiga baho beriladi. Shuningdek, uning harakat
ko‘rsatkichlarini ham tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Mazkur ko‘rsatkichlar 7-bobda bayon qilingan tartibda tahlil qilib o‘rganiladi va
baho beriladi.
Shu bilan birga, tahlilda yangi texnikani joriy qilish, yangi obyektlarni ishga
tushirish, asosiy vositalarni ta’mirlash va modernizatsiyalash bo‘yicha rejaning
bajarilishi tahlil qilib o‘rganiladi. Hamda so‘nggi yuqori quvvatga ega bo‘lgan
avtomatlashtirilgan mashina va uskunalarning, ularning umumiy sonidagi, mashina
va uskunalarning har bir guruhi bo‘yicha ulushi aniqlanadi.
Bundan tashqari, asosiy vositalarning yosh tarkibi va ma’naviy eskirishini
tavsiflash uchun
asosiy vositalardan foydalanish davomiyligi bo‘yicha guruhlanadi
(5
yilgacha, 5-10, 10-20-yilgacha va 20-yildan ortiq) hamda mashina va
uskunalarning o‘rtacha yoshi hisoblanadi.
Qayta ishlash korxonalarida mashina va uskunalarning holatini tavsiflash
uchun ular texnik yaroqliligi bo‘yicha guruhlanadi:
-
yaroqli mashina va uskunalar;
-
kapital ta’mirlashga muhtoj mashina va uskunalar;
-
hisobdan chiqariladigan yaroqsiz mashina va uskunalar.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes reja yoki
o‘tgan yillarga nisbatan asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi tushuniladi.
Korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanganligi ko‘rsatkichi ishlab chiqarish
jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalarning o‘rtacha
yillik qiymatini ishlab
chiqarishda band bo‘lgan o‘rtacha xodimlar soniga bo‘lish orqali hisoblanadi. Bu
ko‘rsatkich, ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning asosiy vositalar bilan
qay darajada qurollanganligini, ya’ni bir xodimga qancha asosiy vosita to‘g‘ri
kelishini ifodalaydi.
366
Mazkur ko‘rsatkichning biznes rejaga yoki o‘tgan yilga nisbatan o‘sish
darajasi mehnat unumdorligining o‘sish darajasi bilan taqqoslanadi. Mehnat
unumdorligining o‘sish darajasi ushbu ko‘rsatkichning o‘sish
darajasidan yuqori
bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasini “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganilganda quyidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (16.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: