16.2-jadval
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish uchun birlamchi
ma’lumotlar
№
Ko‘rsatkichlar
Hisobot yili
O‘zgarishi
(+;-)
Reja
Haqiqatda
1 Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m
500000
577720
+77720
2 Mahsulot sotishdan olingan foyda, ming so‘m
93000
110344
+17344
3
3.1
Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati,
ming so‘m:
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
(AVI)
166118
179800
+13682
3.2 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar-ning
aktiv qismi
(AVA)
96671
107880
+11209
3.3 Uskuna birligining o‘rtacha yillik qiymati (B)
24168
21576
-2592
4 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
tarkibida aktiv qismining ulushi (AU)
0,60
0,60
-
5 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
rentabelligi, % (R
AVI
)
55,98
61,37
+5,39
6 Mahsulot rentabelligi, % (R
M
)
18,6
19,1
+0,5
7 Fond qaytimi (FQ), so‘m:
7.1 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
bo‘yicha (
FQ
I
)
3,01
3,21
+0,2
7.2 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar aktiv
qismi bo‘yicha (
FQ
A
)
5,02
5,36
+0,34
8 Texnologik uskunalarni o‘rtacha yillik soni
(S)
4
5
+1
9 Hisobot davri davomida uskunalarning ishlagan
vaqti (
V
), soat
15500
17160
+1660
10 Shu jumladan, bir birlik uskuna hisobida:
10.1 soat (Bs)
3875
3432
-443
10.2 smena (Bsm
)
700
662
-38
10.3 kun (Bk)
350
345
-5
11 Bir birlik uskuna ishining smenalik koeffitsiyenti
(Ks)
2
1,92
-0,08
12 Smenaning o‘rtacha davomiyligi
(D
), soat
5,53
5,18
-0,35
13 Bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot
hajmi, (Bm),
so‘m
32258
33667
+1409
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining o‘zgarishi
quyidagi omillar hisobiga sodir bo‘lgan:
-
asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar umumiy summasida asosiy
vositalar aktiv qismi ulushining o‘zgarishi;
-
asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar aktiv qismi bo‘yicha fond
qaytimining o‘zgarishi.
Mazkur omillar ko‘paytmasi asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
370
fond qaytimining umumiy hajmiga teng bo‘ladi. Uni quyidagi matematik formula
ko‘rinishida ifodalash mumkin:
FQ
I
= AU ×
FQ
A
, (16.1)
Fond qaytimining o‘zgarishiga omillar ta’sirini “Qayta hisoblash” usuli
yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun avvalo “Qayta hisoblangan fond
qaytimi” ko‘rsatkichini aniqlab olish lozim. Uni aniqlash uchun hisobot yilidagi
(haqiqatdagi) asosiy vositalar aktiv qismi ulushini bazis yilidagi (rejadagi) asosiy
vositalar aktiv qismi fond qaytimiga ko‘paytirish kerak:
FQ
Iq
= AU
1
×
FQ
A0
= 0,60 × 5,02 = 3,01 so‘m
Shundan so‘ng, fond qaytimining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob
qilinadi.
Birinchi omil, asosiy vositalar aktiv qismi ulushi rejaga nisbatan haqiqatda
o‘zgarmaganligi sababli, mazkur ko‘rsatkich fond qaytimining o‘zgarishi ta’sir
ko‘rsatmagan. Fond qaytimining o‘zgarishiga asosiy vositalar aktiv qismi bo‘yicha
fond qaytimining o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun uning haqiqatdagi
ko‘rsatkichdan “Qayta hisoblangan” ko‘rsatkichini chegirib tashlash lozim:
±∆FQ
IA
= (AU
1
×
FQ
A1
) - (AU
1
×
FQ
A0
)
= (0,60 × 5,36) - (0,60 × 5,02) =
= 3,21 – 3,01 = + 0,2 so‘m
Demak, asosiy vositalar aktiv qismi fond qaytimining 0,34 ming so‘mga
oshishi fond qaytimi darajasining 0,2 so‘mga yoki 6,6 foizga oshishiga sabab
bo‘lgan.
Tahlil natijalarini analitik jadvalga joylashtirilsa, xulosa chiqarish qulayroq
bo‘ladi. Chunki, jadvalda barcha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va omillarning ta’sir
qilish darajalari aniq ko‘rinib turadi (16.3-jadval).
Yuqorida asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining
tahliliga to‘xtalib o‘tdik. Endi esa, fond qaytimining tahlilini asosiy ishlab
chiqarishdagi asosiy vositalarning aktiv qismi va undan foydalanish samaradorligi
bilan bog‘lagan holda ko‘rib chiqamiz. Chunki, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy
vositalarning aktiv qismi mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi
371
mehnat vositalari hisoblanadi. Ulardan samarali foydalanish mahsulot ishlab
chiqarish hajmining ortishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |