215
moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar
va balansning boshqa
moddalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart» (22 - punkti) deb
belgilangan. O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari «Inventarizatsiya
jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgal-
teriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga (O‘zR
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,
mehnat va aholini ijtimoiy
himoya qilish vaziriligining 2004-yil 10-martdagi 37, 2004-26, 20/1-
sonli qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq rasmiylashtiriladi. Bulardan
tashqari, inventarizatsiya jarayonida yuzaga keladigan ayrim masalalar
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Jinoyat
Kodekslari bilan ham
bevosita yoki bilvosita tarzda to‘qnashadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda inventarizatsiyani tashkil
etish, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha
quyidagi
normaniv-huquqiy tizim shakllangan (8.1-rasm).
Inventarizatsiya o‘tkazishdan maqsad korxona balansida aks
ettirilgan barcha tovar-moddiy boyliklar,
kassadagi va bank schot-
laridagi pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari, kelgusi
davrlar
xarajatlari, fondlar, zaxiralar summalari hamda balansdagi
boshqa moddalarning haqiqiy baholanganligini aniqlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi
«
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida
»gi qonuni, (16-modda)
№4
-
«
Tovar-moddiy zaxiralar»
va №19
-»Inventarizatsiyani
tashkil etish va o‘tkazish»
nomli BHMSlar
«
Dostları ilə paylaş: