313
12-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING REGISTRLARI
VA SHAKLLARI
Faqat aqlgina shakl yaratadi.
A.Y.Sheftsberi
12.1. Hisob registrlari, ularning ahamiyati va turlari
Xo‘jalik muomalalari aks ettirilgan dastlabki
hujjatlar tekshirilib,
taksirovka
*
qilinib va ayrimlari o‘z xususiyatlariga ko‘ra yig‘ma hujjatlarda
to‘planib, keyinchalik hisob registrlariga yoziladi.
Hisob registrlari buxgalteriya hisobini yuritishning muhim vositasi
bo‘lib hisoblanadi. Ularda xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalarining
harakati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sintetik va
analitik hisob schotlari
bo‘yicha guruhlanadi va sistemalashtiriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari asosida korxonaning ichida va yuqori
tashkilotlarining korxona faoliyatini nazorat
va rahbarlik qilish uchun
hisobotlar tuziladi.
12.1-rasm. Xo‘jalik muomalalarini hisobda aks ettirish jarayoni.
*
Hujjatlardagi natural va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan muomalalarni pul o‘lchoviga o‘tkazish.
Xo‘jalik muomalalari
Dastlabki
hujjatlar
Moliyaviy
va boshqa hisobot
shakllari
Buxgalteriya
hisobi registrlari
(analitik va
sintetik)
Hisob registrlari
deb boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarda aks
ettirilgan xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda yozib boorish uchun
moslashtirilgan, ya’ni korxona aktivlari, passivlari va xo‘jalik
jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning iqtisodiy guruhlanishiga
mos tuzilgan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi.
314
Hisob registrlaridan olingan ma’lumotlar korxona va uning
bo‘linmalariga rahbarlik va nazorat qilish hamda
iqtisodiy tahlil qilishda
foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalalarini hisob registrlariga yozish hisobda aks ettirish
deyiladi (12.1-rasm).
Hisob
registrlarining
mazmuni
va
ularni
grafalash
xo‘jalik
muomalalarining xususiyati hamda ularni hisobga olish tartibiga bog‘liq.
Buxgalteriya
hisobi
registrlari
tashqi
ko‘rinishlariga
ko‘ra
buxgalteriya
daftarlari,
kartochkalari,
alohida
varaqalarga
va
mashinogrammalarga bo‘linadi
(12.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: