R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

 
 
 
 
 
 
 


356 
Konsolidatsiyalangan buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlardan
foydalanuvchilarning tarkibi va ularning axborotlarga ehtiyoji 
13.1-jadval
 
Foydalanuv-
chilar 
Axborotlarga ehtiyoj 
1. Aksiyador-
lar
Korporativ guruhga kiruvchi korxonalarga ishonib 
topshirilgan kapitalning ular tomonidan boshqarilish 
natijalariga qiziqishi
2. Boshqaruv-
chilar (mene-
jerlar)
Faoliyat natijalarini tarmoqdagi boshqa guruhlar 
natijalari bilan taqqoslash uchun
3. Xodimlar
O‘z tadbirkorlarining barqarorlik darajasi va ular 
faoliyatining daromadliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
4. Investorlar 
Investitsiyalar bilan bog‘liq risklarni va guruhning 
qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, ushlab turish yoki 
sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida ularning 
daromadliligini baholash 
5. Kreditorlar 
Aktivlarning likvidliligini, xaridorning to‘lov qobili-
yatini va qarzlarni o‘z vaqtida uzishini baholash 
6. Xaridorlar
Sotuvchi-korxona bilan uzoq muddatli munosabatlar 
mavjudligi va unga bog‘liqlik munosabati bilan uning 
barqarorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
7. Hukumat va 
boshqaruv 
organlari
Tarmoq faoliyatini tartibga solish va soliq siyosatini 
belgilash uchun zarur axborotlar 
8. Jamoatchi-
lik
Kompaniyaning faoliyat miqyosini va ish o‘rinlar bilan 
ta’minlash imkoniyatlarini baholash 
13.4. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati
 
Moliyaviy 
hisobotga 
tushuntirishlar 
O‘zbekiston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 22-moddasiga muvofiq 
yoziladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlarning asosiy maqsadi korxonaning 
moliyaviy ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o‘rni 
to‘g‘risida to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot shakllarining mazmunini 
to‘ldirishdan iborat.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o‘tgan shu 
davrdagi ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi (1-shakl) 


357 
va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl)da umumiy summa bilan 
keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni turlarining baholash 
uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta’minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qo‘llanilishi 
mumkin bo‘lmagan vaqtdagi faktlarni ko‘rsatish va tegishli asoslashlarni 
tushuntirish xatida keltirish zarur. Aks holda bunday qoidalarni qo‘llash 
ushbu vaziyatni mazkur qoidalarni qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi va 
korxona tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan 
qonunchilikni buzish deb tan olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va 
moliyaviy faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jumladan 
korxona ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki taqsimlanmasligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-
moddiy zaxiralarni baholash, ularning tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy 
vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda 
ularning faol qismidan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish, 
mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan tushumlarni hisoblash 
variantlari, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga doir turli investitsion 
loyihalarning rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini yaxshilash 
va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin