R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

buxgalteriya 
hisobining predmetidir



53 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun»ning 7-moddasiga 
muvofiq 
«
Aktivlar, 
majburiyatlar, 
xususiy 
kapital, 
zaxiralar, 
daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan 
bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining 
obyektlari
dir
». 
Korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur 
mablag‘lar, mashinalar, qurilmalar, pul, moddiy boyliklar va 
boshqalarga ega bo‘lishlari kerak. Bu mablag‘larning tarkibi va ko‘lami 
korxonalarning xo‘jalik faoliyatining yo‘nalishi (sanoat, qishloq 
xo‘jaligi, savdo va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lib, ularning biznes-rejalari 
bilan belgilanadi. 
3.2. Mablag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi
funksional roli bo‘yicha turkumlanishi 
 
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘l-
jallangan xo‘jalik mablag‘lari korxonaning o‘ziniki, bank krediti sifatida 
korxonaga olinishi va qarzga olingan bo‘lishlari mumkin. Shunga ko‘ra 
ular buxgalteriya hisobida ikki yo‘sinda: 
birinchidan
, tarkibi, joylashishi 
va ishlab chiqarish jarayonidagi funksional roli, 
ikkinchidan
tashkil to-
pish manbalari va qanday maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanadi. 
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha hisobga 
olish korxonaning muayyan mablag‘lari (mashinalar, bino va inshootlar, 
material va mahsulotlar va h.k.) to‘g‘risida ma’lumot bersa, ularni 
vujudga kelish manbalari va tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish 
esa, bu mablag‘larning xususiy mulk hamda ularning korxonaga birik-
tirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va xo‘jalik mablag‘lari-
ning qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash imkonini beradi. 
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda buxgalteriya hisobi 
predmetining mazmuni hisob obyektlarining iqtisodiy mohiyati orqali 
ochib beriladi (3.1-rasm).

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin