R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

ikki 
yoqlama yozuv
usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik 
muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, 
moddiy boyliklar sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalasi 
bir tomondan moddiy boyliklar zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi 
tomondan pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi. Xaridorda bu 
muomala aks ettirilganda sotib olingan materiallarning kirimi va mol 
yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘larining chiqimi bo‘yicha 
ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol yetkazib beruvchi bu muomalani 
aks ettirganda, xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va unga sotilgan 
materialning kamayishini o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi. 
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va 
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining 
alohida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar, 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatning 
tannarxini aniqlash buxgaltriya hisobida 
kalkulatsiya
deyiladi. Kalkul-
atsiyaning rejadagi, normativ, kutilayotgan (provizor) va hisobot kabi 
turlari mavjud. Hisobot kalkulatsiyalari buxgalteriya hisobi schot-
laridagi yozuvlar asosida tuziladi. Kalkulatsiyalash qoidalarini yuqori 
organlar belgilaydi va ular barcha korxonalar uchun majburiydir. 
Buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilgan korxona mablag‘lari, 
mablag‘lar manbalari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari to‘g‘-
risidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan 
balans
tarzida umumlashtirilishi 
zarur. Balansda xo‘jalik mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilib, 
unda xo‘jalikda qanday mablag‘lar mavjudligi va ular qaysi manbalar 
hisobidan tashkil topganligi hamda maqsadli tayinlanishi ko‘rsatiladi. 
Balans mavjud mablag‘lar bilan ularning tashkil topish manbalarini 
taqqoslab, xo‘jalik ahvolini o‘rganish imkonini beradi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqida 
xulosa chiqarish uchun xo‘jalik mablag‘lari, ularning tarkibi va tashkil 
topish manbalarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga ega bo‘lgan balansdan 
tashqari, korxonadagi ayrim bo‘limlar xo‘jalik faoliyatining umumiy 
ko‘rsatkichlari, xo‘jalik faoliyatining maxsus tomonlarini tavsiflaydigan 
ko‘rsatkichlar ham zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish 
buxgalteriya hisobi metodining muhim usullaridan bo‘lgan 
hisobot
yordamida erishiladi. Ma’lum davr uchun xo‘jalik faoliyatini aks 


65 
ettiruvchi umumlashtirilgan va o‘zaro aloqadorlikni ta’minlaydigan 
ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig‘indisi 
hisobot
deyiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan buxgalteriya hisobi metodini tashkil 
etuvchi usullar (elementlar) ning har biri ma’lum darajada mustaqil 
bo‘lishi bilan birga, boshqalarining amal qilishlari uchun birlamchi 
muhim shart-sharoit ham hisoblanadi. Bu esa fanning predmeti 
hisoblangan: mablag‘lar, manbalar va xo‘jalik jarayonlari hamda unda 
sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari o‘rtasida sabab-oqibatli dialektik 
bog‘liqlik mavjudligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga ularni 
buxgalteriya hisobi tizimida to‘liq, uzluksiz va obyektiv aks ettirishga 
erishiladi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi predmeti va metodi o‘rtasida 
ham sabab-oqibatli dialektik bog‘liqlik mavjud (3.7-rasm).


66 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin