R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

5.5. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati va ahamiyati 
 
Buxgalteriya hisobi schotlarida xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
tashkil topish manbalari, shuningdek, xo‘jalik jarayonlarining to‘g‘ri 
hisobga olib borilishini o‘z vaqtida nazorat qilish uchun, ularning 
o‘zgarishini aks ettiradigan har bir xo‘jalik muomalasi bir vaqtda ikkita 
schotning qarama - qarshi tomoniga yoziladi. 
Buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuvning mohiyati shundaki, 
har bir xo‘jalik muomalasi, u qanday turdagi balans o‘zgarishiga olib 
kelishidan qat’i nazar, bir vaqtda va o‘zaro aloqador holda, bir xil 
summada bir schotning debet tomonida va ikkinchi schotning kredit 
tomonida aks ettiriladi. 
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikkiyoqlama aks ettirishda 
qiymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli o‘zaro bog‘lanadigan 
schotlarning debet va kreditiga tegishli summalar bir-biriga teng 
bo‘ladilar. Masalan, asosiy ishlab chiqarishga material sarflanishi 
natijasida ombordagi materiallar kamayadi va asosiy ishlab chiqarish 
xarajatlari ko‘payadi. Bu xo‘jalik muomalasi hisobning ikki obyektida 


117 
aks etayotgani uchun u ikkita, ya’ni «Xomashyo va materiallar» schoti 
va «Asosiy ishlab chiqarish» schotiga yozilishi kerak. 
Misol: Xo‘jalikda paxta yetishtirish uchun 21000 so‘mlik mineral 
o‘g‘it sarflandi. Bu xo‘jalik muomalasi natijasida «Asosiy ishlab 
chiqarish» schoti 21000 so‘mga ko‘payadi. Aktiv schotlarning 
ko‘payishi debet tomonida ko‘rsatilishi sababli bu summani «Asosiy 
ishlab chiqarish schoti»ning debet tomoniga yozamiz. 
Bir vaqtning o‘zida xo‘jalikda «Xomashyo va materiallar» 
schotida hisobga olinadigan mineral o‘g‘itlar miqdori kamayadi. 
Ma’lumki, aktiv schotlar bo‘yicha kamayish kredit tomonida 
ko‘rsatiladi. Shuning uchun ushbu muomala summasi «Xomashyo va 
materiallar» schotining kreditiga yoziladi. Mazkur muomala schotlarda 
quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» schoti 21000 so‘m. 
Kredit «Xomashyo va materiallar» schoti 21000 so‘m. 
Yuqoridagi muomalani schotlarga quyidagicha yozamiz: 
«Xomashyo va materiallar» «Asosiy ishlab chiqarish» 
schoti schoti 
Dt
Kt
Dt 
Kt 
Saldo
1) 21000 
Saldo
1) 21000 
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, sodir bo‘lgan xo‘jalik 
muomalasini schotlarda ikkiyoqlama aks ettirganimizda summalar 
tengligi o‘zgarmagan. Bu tenglik xo‘jalik muomalalarini schotlarga 
yozishning to‘g‘riligini nazorat qilishni ta’minlaydi. Uni quyidagi 
tengliklar qonuniyatining matematik modellari bilan ifodalash mumkin: 
barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar 
(saldolar) summasining tengligi; barcha aktiv va passiv sintetik schotlar 
bo‘yicha debet va kredit oborotlarining tengligi; barcha aktiv va passiv 
sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar (saldo) summasining tengligi. 
Agar sintetik schotning boshlang‘ich debet qoldig‘i (saldo) S'
dt
deb, sintetik schotning boshlang‘ich kredit qoldig‘ini S'
kt
deb belgilasak, 
unda boshlang‘ich qoldiqlar (saldo) tengligi qonuniyatining matematik 
modeli quyidagicha bo‘ladi: 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin