137
Rossiyalik olim Ya.V.Sokolov ta’rifiga ko‘ra, «schot hisob
tizimining bir bo‘lagi, tizim esa elementlar va ular o‘rtasidagi
axborot
(almashish) bog‘liqliklardan iborat. Shunday qilib, har bir schot – bu
tizimning elementidir. Buxgalteriya balansi tizimning modeli bo‘lib
xizmat qiladi va shu boisdan har bir schot balansning bir qismi
hisoblanadi» [23. 285 b.]
.
Qiyosiy jadvaldan ko‘rinib turibdiki,
schotlar rejasining I va II
qismi mos ravishda balans aktivining I va II bo‘limlariga, IV va III
qismlari esa mos ravishda balans passivining I va II bo‘limlariga mos
keladi. Shuningdek, buxgalteriya balansining aktividagi moddalar
likvidlik darajasi o‘sib boruvchan tarzda joylashtirilgan bo‘lib, schotlar
rejasining I va II qism schotlari mantiqan balans aktividagi moddalar
joylashishiga to‘g‘ri keladi
(2-ilovaga qarang)
. Buxgalteriya balansi
moddalari
turkumlanishi
va
schotlar
bo‘limlari
va
kodlari
turkumlanishining bir-birlariga mosligi buxgalteriya
balansi elementlari
yoki turkumlari, yoki schotlarning, yoki unisining ham bunisining ham
yagona prinspga asoslanganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: