R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Sistematik yozuv
deb, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini 
schotlar tizimi bo‘yicha belgilangan schotlar aloqasi orqali qayd qilishga 
aytiladi.
Xronologik va sistematik yozuvlar birlashtirilishi yuqori samara 
beradi. Hisob registrida bunday kombinatsiyadagi yozuv 
sinxronistik
 
yozuv deyiladi. 
Ro‘yxatga olish, hujjatlarga ishlov berish, buxgalteriya yozuvlarini 
tuzish va ularni schotlarga tarqatib yozishning zamonaviy usullari bu 
ishlarning sermehnatligini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda ikkiyoqlama 
yozuvning mohiyatida mujassamlashgan 
«eng buyuk kashfiyot»
ning 
qadr-qimmatini amalga oshirish uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda. 
Birinchidan,
debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar bo‘yicha 
summalarni jamlash avtomatik rejimda amalga oshirilib, oborotlarni 
jamlash va qoldiqlarni chiqarishda xatolarning oldi olinadi hamda shu 
bilan birga xo‘jalik muomalalarining to‘liq ro‘yxatga olinganligini 
tasdiqlaydi. 
Ikkinchidan,
tegishli xo‘jalik muomalalarini amalga oshiruvchi 
xodimlar o‘rtasida o‘zaro nazoratni ta’minlaydi. 
Uchinchidan,
schotlar korrespondensiyasi asosida xo‘jalik muoma-
lasining o‘z vaqtida amalga oshirilishi va maqsadga muvofiqligi 
aniqlanadi. 
To‘rtinchidan
, bir xildagi muomalalarni ularni guruhlash zarur 
bo‘lgan jarayonda yig‘ib borish yo‘li bilan hisobot davrining oxirida 
umumiy jami bo‘yicha bitta yozuv bajarish imkoni yaratiladi. Bunda 
xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyati buzilmaydi. Shu bilan birga 
hisob jarayonining sermehnatligi pasayadi. 
 
5.8. Schotlar, ikkiyoqlama yozuv va balansning o‘zaro bog‘liqligi 
 
Ushbu o‘zaro bog‘liqlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1)
joriy hisobda schotlar boshlang‘ich balans ma’lumotlariga asosan 
ochiladi;
*
Xronologik (grek. Chronos – vaqt) – hodisalarning vaqt oralig‘idagi ketma-ketligi. 


131 
2)
boshlang‘ich qoldiqlar aktiv schotlarning chap tomoniga, passiv 
schotlarning esa o‘ng tomoniga yoziladi, ya’ni ular balansda ham 
tegishli moddalar bo‘yicha shunday joylashgan; 
3)
schotlarning boshlang‘ich qoldiqlarini va hisobot davridagi xo‘jalik 
muomalalarini hisobga olgan holda chiqarilgan oxirgi qoldiqlari keyingi 
hisobot sanasi uchun balans tuzishda birlamchi ma’lumot bo‘lib xizmat 
qiladi; 
4)
balans ko‘rsatkichlarining mazmunini ochib berish tegishli schotlarda 
aks ettirilgan oborotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘llash bilan 
namoyon bo‘ladi. Masalan, balansning «Tovarlar» (180-satr) moddasi 
bo‘yicha ikkala firmaning qoldig‘i 10 mln. so‘mni tashkil etgan, ammo 
ushbu tovarlarning yillik oboroti birinchi firmada 120 mln. so‘m yoki 
yillik zaxiraning 1/12 qismi, ya’ni bir oylik zaxira; ikkinchi firmada 
ushbu ko‘rsatkich 20 mln. so‘m, ya’ni u yarim yillik zaxiraga ega.
Schotlar, ikkiyoqlama yozuv va balans o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlikning mazmunini quyidagi misollarda ochib beramiz:

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin