R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Materiallarni kirimga olish vaqtida baholash



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

 
9.2. Materiallarni kirimga olish vaqtida baholash 
 
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash metodlari quyidagi me’yoriy 
hujjatlar bilan belgilanadi: 
­
№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BXMS (yangi tahriri) 
(O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR 
AV 1595-raqam bilan 17.07.2006-y. ro‘yxatga olingan); 
­
chet el valutasida ifodalangan operatsiyalarni buxgalteriya 
hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida 
Nizom (2.09.2004-y. O‘zR MV 98-sonli Iqtisodiyot vazirligi 41-sonli, 
DSK 2004-57–sonli, MB 257-V-sonli, DavStatQo‘mita 8-sonli 
buyruqlari bilan tasdiqlangan, O‘zR AV 1411 raqam bilan ro‘yxatga 
olingan). 
Yuqorida ko‘rsatilgan me’yoriy hujjatlarning qoidalarga muvofiq 
materiallarni kirim qilishda quyidagi usullar bo‘yicha baholash 
belgilangan (9.2-rasm). 
Tovar-moddiy zaxiralar (xomashyo, materiallar, sotib olingan 
yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob 


242 
baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni 
tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi. 
9.2-rasm. Materiallarni kirim qilishda baholash usullari. 
9.3. Materiallarni hisobdan chiqarish vaqtida baholash 
 
№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSning 7-bandiga 
muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri 
bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 
15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006-y. 
ro‘yxatga olingan) (9.3 - rasm). 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda tovar-moddiy 
zaxiralarni baholashning quyidagi usullari ham qo‘llaniladi: keyingi 
partiya kirimga – birinchisi chiqimga (NIFO), bazisli va boshqa.
Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmat-
baho metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini 
bosmaydigan (ya’ni ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda 
maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydala-
niladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identi-fikatsiya-
langan tannarxi bo‘yicha baholanadi. 
Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning 
alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljal-
Materiallarni kirim qilishda baholash 
usullari
Sotib olingan materiallar xarid bahosi va 
keltirish xarajatlarini qo‘shgan holda
Debitor qarzni qoplash uchun sotilgan tovarlar 
qiymati bo‘yicha 
Korxonada tayyorlangan materiallar haqiqiy 
tannarxi bo‘yicha 
Sifati buzilgan yoki ma’naviy eskirgan 
materiallar sotish mumkin bo‘lgan bahoda
Ustav kapitaliga ulush sifatida olingan 
materiallar ta’sischilar kelishgan bahoda 
Balansdan tashqari schotlarga qabul qilinganda 
shartnoma bahosida 
Tekinga olinganda bozor bahosi bo‘yicha
Valuta sotib olinganda shu sanadagi O‘zR MB 
kursi bo‘yicha 


243 
langan buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan 
qat’i nazar, mos keladi.
AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining 
qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan 
qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan 
o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli 
bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarxini ularning 
umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy 
tannarx mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar 
tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralarni tannarxi bilan 
miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona tomonidan 
tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi 
Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin