254
—
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlarning eskirish qiymati.
Xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlash xalq xo‘jaligini
rejalashtirishda qo‘llaniladi. Iqtisodiyotning
erkinlashtirilishi va uni
tartibga solishda davlat aralashuvining kamayishi sharoitida xarajatlarni
elementlar bo‘yicha guruhlash ahamiyati xalq xo‘jaligi darajasida o‘z
ahamiyatini biroz yo‘qotadi. Mazkur guruhlash korxona miqyosida
uning hisobot davrida butun
ishlab chiqarishga moddiy, mehnat va
moliyaviy resurslarning alohida turlari bo‘yicha qancha sarflanganligini
aniqlashga imkon yaratadi.
Tabiiyki, mazkur guruhlash yordamida
korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari
faoliyati ustidan muayyan
mahsulot turlarini ishlab chiqarish, ish yoki
xizmat turlarini bajarish
bo‘yicha kundalik nazorat o‘rnatish qiyin. Bu masala xarajatlarni
moddalar bo‘yicha guruhlash yordamida hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: