R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


-rasm. Xarajatlarni turkumlash



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

10.4-rasm. Xarajatlarni turkumlash. 
Buning uchun tarmoqlar va ishlab chiqarish xususiyatidan kelib 
chiqqan holda xarajat moddalarining namunaviy ro‘yxati ishlab chiqilib, 
yagona uslubiy yondashuv ta’minlanadi.
O‘zgaruvchan 
To‘g‘ri 


255 
Masalan, qishloq xo‘jaligida o‘simlikchilik tarmog‘i xarajatlarining 
analitik hisobi quyidagi moddalar bo‘yicha tashkil etiladi: 

mehnat haqi xarajatlari, yagona ijtimoiy to‘lov ajratmalari bilan; 

urug‘lik va ko‘chat materiallari; 

o‘g‘itlar; 

o‘simliklarni himoya qilish vositalari; 

ishlar va xizmatlar; 

asosiy vositalarni saqlash xarajatlari; 

ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari; 

sug‘urta to‘lovlari; 

boshqa xarajatlar. 
Tarmoq va ishlab chiqarish xususiyatlariga ko‘ra xarajat 
moddalarining namunaviy ro‘yxati o‘zgarishi mumkin. Bu alohida 
korxonalarning xarajatlarini solishtirish, buxgalteriya hisobi uslubiyatini 
soddalashtirishga imkon yaratadi.
«Xarajatlar tarkibi … to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq korxona 
qaysi xarajatlarni mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish, qaysilarini 
kiritmaslik kerakligini aniqlaydi. Ushbu nizomga muvofiq korxona 
quyidagi toifa xarajatlarni mahsulot tannarxiga to‘liq hajmda kiritadi: 

bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; 

bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; 

boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, jumladan ishlab chiqarish 
xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Davr xarajatlari
tarkibida hisobga olinib, asosiy faoliyatdan olingan 
foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar ishlab chiqarish sarflariga olib 
borilmaydi va mahsulot tannarxiga qo‘shilmaydi. Bular: 

sotish xarajatlari; 

ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; 

boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
Xarajatlarni moddalar bo‘yicha guruhlash ichki xo‘jalik reja-
lashtirilishi, joriy buxgalteriya hisobi va mahsulot(ish, xizmat)lar tan-
narxini hisoblashda qo‘llaniladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga 
olish va mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxini hisoblash uslublarining 
mazmunini belgilaydi.
O‘z navbatida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uslublari 
muayyan korxonadagi texnologik jarayonlarning mazmuni, kalkulatsi-
yalash obyektlari va axborotlarni to‘plash usulidan kelib chiqqan holda 
turkumlanadi. Muayyan hisob obyektlariga olib boriladigan xarajat-
larning to‘liqligi va ishonchililigi dastlabki hisobning to‘g‘ri yo‘lga 


256 
qo‘yilishi va analitik hisobning tashkil etilishiga bog‘liq. Ayrim 
xarajatlar (asosiy xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishda bevosita 
band bo‘lgan xodimlar ish haqi va sh.o‘.) bevosita muayyan kalkulatsiya 
obyektlariga qo‘shiladi. Bu toifa xarajatlarni nazorat qilish qulay va shu 
munosabat bilan ularning miqdori yetarli darajada aniq hisoblanishi 
mumkin.
Bilvosita xarajatlar, masalan ishlab chiqarishni tashkil etish va 
boshqarish xarajatlari (2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti) 
mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga bilvosita (taqsimlash) yo‘l bilan 
qo‘shiladi.
Asosiy (bevosita) xarajatlarni mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga 
olib borishning qulayligini e’tiborga olgan holda, barcha e’tibor 
kalkulatsiyalash jarayonida bilvosita xarajatlarni kalkulatsiya obyektlari 
o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashga qaratilishi lozim. Bilvosita xarajatlarni 
taqsimlashning qaysi usulini qo‘llashdan qat’i nazar, muayyan mahsulot 
(ish, xizmat) turining tannarxini hisoblashda ma’lum darajadagi 
nuqsonlarga yo‘l qo‘yiladi. Buning sababi nuqsonlarning o‘zi bilvosita 
xarajatlarning mazmuniga xos. Ular mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga 
bilvosita (egri) yo‘l bilan tanlangan taqsimlash bazasiga mutanosib 
ravishda qo‘shiladi.
Ayrim xarajatlarning shakllanishi va mahsulotlar tannarxiga 
qo‘shilishining bunday xususiyatlarini hisobga olgan holda hisob 
yuritish amaliyotida har xil tannarx har xil maqsadlarga javob berishi 
lozimligi qaror topgan. Ichki xo‘jalik bo‘linmalari – mas’uliyat 
markazlari darajasida boshqarish maqsadlari uchun asosiy xarajatlar 
to‘g‘risidagi axborotlar yetarli hisoblanadi. 
Ustama xarajatlar
bu shartli 
– doimiy xarajatlar bo‘lib ularning miqdori ishlab chiqarish hajmiga 
nisbatan o‘zgarmaydi yoki kam miqdorda o‘zgaradi. Shuning uchun 
korxona boshqaruvi ushbu xarajatlarning belgilangan smetalardan 
chetga chiqishini doimiy nazorat qilishi lozim. Nazoratning bunday turi 
tafovutlarni boshqarish usuli
deb nom olgan. Bunday xarajatlarning 
ko‘lami, qoidaga ko‘ra, faqat hisob davrining uzunligiga bog‘liq. Bu 
xarajatlar qaror qabul qilish uchun xarajat sifatida o‘rganilmaydi, balki 
nazorat va tartibga solish maqsadida hisobga olinadigan xarajatlar 
toifasiga taalluqli axborotlarni shakllantiradi.


257 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin