10.4-rasm. Xarajatlarni turkumlash.
Buning uchun tarmoqlar va ishlab chiqarish xususiyatidan kelib
chiqqan holda xarajat moddalarining namunaviy ro‘yxati ishlab chiqilib,
yagona uslubiy yondashuv ta’minlanadi.
O‘zgaruvchan
To‘g‘ri
255
Masalan, qishloq xo‘jaligida o‘simlikchilik tarmog‘i xarajatlarining
analitik hisobi quyidagi moddalar bo‘yicha tashkil etiladi:
mehnat haqi xarajatlari, yagona ijtimoiy to‘lov ajratmalari bilan;
urug‘lik va ko‘chat materiallari;
o‘g‘itlar;
o‘simliklarni himoya qilish vositalari;
ishlar va xizmatlar;
asosiy vositalarni saqlash xarajatlari;
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari;
sug‘urta to‘lovlari;
boshqa xarajatlar.
Tarmoq va ishlab chiqarish xususiyatlariga ko‘ra xarajat
moddalarining namunaviy ro‘yxati o‘zgarishi mumkin. Bu alohida
korxonalarning xarajatlarini solishtirish, buxgalteriya hisobi uslubiyatini
soddalashtirishga imkon yaratadi.
«Xarajatlar tarkibi … to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq korxona
qaysi xarajatlarni mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish, qaysilarini
kiritmaslik kerakligini aniqlaydi. Ushbu nizomga muvofiq korxona
quyidagi toifa xarajatlarni mahsulot tannarxiga to‘liq hajmda kiritadi:
—
bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
—
bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
—
boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, jumladan ishlab chiqarish
xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Davr xarajatlari
tarkibida hisobga olinib, asosiy faoliyatdan olingan
foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar ishlab chiqarish sarflariga olib
borilmaydi va mahsulot tannarxiga qo‘shilmaydi. Bular:
—
sotish xarajatlari;
—
ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;
—
boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
Xarajatlarni moddalar bo‘yicha guruhlash ichki xo‘jalik reja-
lashtirilishi, joriy buxgalteriya hisobi va mahsulot(ish, xizmat)lar tan-
narxini hisoblashda qo‘llaniladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga
olish va mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxini hisoblash uslublarining
mazmunini belgilaydi.
O‘z navbatida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uslublari
muayyan korxonadagi texnologik jarayonlarning mazmuni, kalkulatsi-
yalash obyektlari va axborotlarni to‘plash usulidan kelib chiqqan holda
turkumlanadi. Muayyan hisob obyektlariga olib boriladigan xarajat-
larning to‘liqligi va ishonchililigi dastlabki hisobning to‘g‘ri yo‘lga
256
qo‘yilishi va analitik hisobning tashkil etilishiga bog‘liq. Ayrim
xarajatlar (asosiy xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishda bevosita
band bo‘lgan xodimlar ish haqi va sh.o‘.) bevosita muayyan kalkulatsiya
obyektlariga qo‘shiladi. Bu toifa xarajatlarni nazorat qilish qulay va shu
munosabat bilan ularning miqdori yetarli darajada aniq hisoblanishi
mumkin.
Bilvosita xarajatlar, masalan ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqarish xarajatlari (2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti)
mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga bilvosita (taqsimlash) yo‘l bilan
qo‘shiladi.
Asosiy (bevosita) xarajatlarni mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga
olib borishning qulayligini e’tiborga olgan holda, barcha e’tibor
kalkulatsiyalash jarayonida bilvosita xarajatlarni kalkulatsiya obyektlari
o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashga qaratilishi lozim. Bilvosita xarajatlarni
taqsimlashning qaysi usulini qo‘llashdan qat’i nazar, muayyan mahsulot
(ish, xizmat) turining tannarxini hisoblashda ma’lum darajadagi
nuqsonlarga yo‘l qo‘yiladi. Buning sababi nuqsonlarning o‘zi bilvosita
xarajatlarning mazmuniga xos. Ular mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga
bilvosita (egri) yo‘l bilan tanlangan taqsimlash bazasiga mutanosib
ravishda qo‘shiladi.
Ayrim xarajatlarning shakllanishi va mahsulotlar tannarxiga
qo‘shilishining bunday xususiyatlarini hisobga olgan holda hisob
yuritish amaliyotida har xil tannarx har xil maqsadlarga javob berishi
lozimligi qaror topgan. Ichki xo‘jalik bo‘linmalari – mas’uliyat
markazlari darajasida boshqarish maqsadlari uchun asosiy xarajatlar
to‘g‘risidagi axborotlar yetarli hisoblanadi.
Ustama xarajatlar
bu shartli
– doimiy xarajatlar bo‘lib ularning miqdori ishlab chiqarish hajmiga
nisbatan o‘zgarmaydi yoki kam miqdorda o‘zgaradi. Shuning uchun
korxona boshqaruvi ushbu xarajatlarning belgilangan smetalardan
chetga chiqishini doimiy nazorat qilishi lozim. Nazoratning bunday turi
tafovutlarni boshqarish usuli
deb nom olgan. Bunday xarajatlarning
ko‘lami, qoidaga ko‘ra, faqat hisob davrining uzunligiga bog‘liq. Bu
xarajatlar qaror qabul qilish uchun xarajat sifatida o‘rganilmaydi, balki
nazorat va tartibga solish maqsadida hisobga olinadigan xarajatlar
toifasiga taalluqli axborotlarni shakllantiradi.
|