R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Kalkulatsiyaning turlari



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

10.3. Kalkulatsiyaning turlari 
 
Kalkulatsiyalashning maqsadiga ko‘ra kalkulatsiya quyidagi
turlarga bo‘linadi (10.5-rasm):
10.5-rasm. Kalkulatsiya turlari. 
Reja (smeta) kalkulatsiya
si alohida kalkulatsiya moddalari bo‘yicha 
hisoblangan har bir buyum, mahsulot turi yoki guruhining tannarxi 
bo‘lib, uning ko‘lami korxona tomonidan oldindan rejalashtirilgan 
tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirgan holda nazorat qilib 
boriladi. Shuning uchun mahsulot tannarxining reja kalkulatsiyasi 
normativ kalkulatsiyadan past bo‘lishi lozim.
Normativ kalkulatsiya
hisobot davri boshiga hisob-kitob qilinadi va 
korxona kalkulatsiya tuzish paytida ishlab chiqarishning texnik darajasi 
va mavjud texnologiyadan kelib chiqqan holda, amal qilayotgan norma 
va normativlarni hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulot 
birligiga moddalar bo‘yicha sarflaydi. 
Kutilayotgan (provizor) kalkulatsiya
qishloq xo‘jalik korxonalarida 
1-oktabrga, dastlabki uch choraklik (to‘qqiz oy) ichida qilingan haqiqiy 
xarajatlar va olingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar hamda to‘rtinchi 
chorakda kutilayotgan xarajatlar va olinadigan mahsulotlarning taxminiy 
hisobi asosida tuzadilar. U har bir tarmoqning va butun xo‘jalikning 
joriy yildagi ishlab chiqarish natijalarini oldindan aniqlashda katta 
ahamiyatga ega.
Haqiqiy (hisobot) kalkulatsiya
si hisobot davridagi muayyan mah-
sulot turiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy xarajatlarning miqdoridir. U bir 
vaqtning o‘zida normativ yoki reja kalkulatsiyasi bo‘yicha tannarxdan 
chetga chiqishlarni hisoblash uchun qo‘llaniladi.
Kalkulatsiya turlari 
Normativ 
kalkulatsiya
Kutilayotgan 
(provizor) 
kalkulatsiya
Haqiqiy (hisobot) 
kalkulatsiya
Reja (smeta) 
kalkulatsiya 


258 
Haqiqiy tannarx bilan reja tannarxini o‘zaro solishtirish mahsulot 
tannarxi rejasini nazorat qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
topishda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin