27
Buxgalteriya hisobining
huquqqa oid ilmiy fanlar
va
huquq
amaliyoti
bilan o‘zaro bog‘liqligi alohida ahamiyatga ega. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar va davlat ular o‘rtasida shartnomalarni tuzish va
bajarish jarayonida ma’lum huquqiy makonda
aks ettiriladigan hamda
tartibga solinadigan, xususan subyektlarning mulkiy o‘zaro munosa-
batlari, amal qiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat bilan
o‘zaro munosabatlari huquqning turli sohalari, soliq, bojxona, mehnat,
moliya va hokazolarga taalluqli bo‘lgan, qonun va qonunosti hujjatlari-
ning majmui bilan belgilanadi. Yurisprudensiya
asoslari va konkret
huquqiy normalarning ahamiyati har bir buxgalter to‘g‘ri ishlashining
muhim sharti hisoblanib, moddiy javobgar va boshqa shaxslarni nazorat
qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalarining
qonuniyligini aniqlashga yordam beradi. Ta’kidlash joizki, buxgalteriya
hisobining asosiy tamoyillari va tashkil etilishi yuqori qonunchilik
hamda ijro organlari tomonidan huquqiy tartibga solinadigan obyektlar
hisoblanadi.
Buxgalteriya
ishida
psixologiya asoslarini bilish
katta rol
o‘ynaydi. Buxgalterga har xil shaxsiy manfaatlar tufayli chetdan turli
psixologik ta’sir o‘tkazilishi mumkin. Uning o‘zaro munosabatlari,
ayniqsa, hozirgi vaqtda u ishlaydigan xo‘jalik yurituvchi subyekt
rahbariyati va mulkdorlari bilan murakkab kechadi.
Bunda buxgalterga ish layoqatini saqlash, katta hajmdagi davriy va
yillik hisobotlarni tuzish davrida asabiy zo‘riqishlarni
yengish uchun
ulkan psixologik muqimlik zarur.
Masalan, jamiyatda aviatsiya psixologiyasi, boshqaruv psixolo-
giyasi kabilar mavjud ekan, buxgalterlik mehnatining psixologik
jihatlariga ham e’tiborni kuchaytirish lozim.
Buxgalter faoliyatida umumaxloqiy me’yorlarning
ahamiyatini
bilish bilan bir qatorda maxsus
professional axloq
kategoriyalarining
shakllanishiga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Bu yerda nafaqat
axloq talablarining darajasi oshadi, balki ular yangi sifat ahamiyatiga
ham ega bo‘ladilar. Boshqa sohalarda
umuman zararsiz hisoblangan
obyektivlik elementlari, agar ular xo‘jalik yurituvchi subyekt holati
to‘g‘risida yaxshi fikr shakllantirishga intilish, buxgalteriya hisobini
tashkil etish hamda yuritish jarayonida
Dostları ilə paylaş: