369
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari esa buxgalteriya hisobi
sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda qo‘llanishi
belgilangan.
Fikrimizcha, ushbu moddaga quyidagi mazmunda qo‘shimcha kiritilsa,
milliy iqtisodiyot tarmoqlari miqyosida buxgalteriya hisobini tashkil etish,
yuritish va hisobot tuzishning me’yoriy-uslubiy ta’minoti yanada
mukammallashgan bo‘lar edi:
«Tarmoq vazirlik va idoralari tomonidan
ushbu qonun va buxgalteriya hisobi standartlari qoidalariga zid bo‘lmagan,
muayyan tarmoqning xususiyatlari hisobga olingan me’yoriy hujjatlar,
uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyanomalar ishlab chiqiladi».
Qonunning 11-moddasi buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil
etishga bag‘ishlangan(eski tahrirda «Buxgalteriya hisobini tashkil etish»
nomli 7-modda). Yangi tahrirda bu moddaning nomlanishi,
uning
mazmuniga muvofiqlashtirilgan. Shuningdek, 6-«Buxgalteriya hisobi
sub’ektlari» bilan bog‘liq aniqliklar kiritilgan. Jumladan, «buxgalteriya
hisobi sub’ektining rahbari», «buxgalteriya hisobi xizmati», «buxgalteriya
hisobi xizmatining rahbari», «ixtisoslashtirilgan tashkilot», «hisob siyosati»
va boshqalar. Shartnoma asosida buxgalteriya hisobi bo‘yicha xizmat
ko‘rsatuvchi tashkilotlar ham aniqlashtirilgan. Bular: auditorlik tashkilotlari,
soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar.
Buxgalteriya
hisobi korxona aktivlari, xususiy, kapital, majburiyatlari,
daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ro‘yxatga olish
va umumlashtirish tizimidan iborat. Barcha sub’ektlar ikki yoqlama yozuv
usulidan foydalanib, buxgalteriya hisobi standartlari va boshqa huquqiy-
me’yoriy hujjatlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishlari lozim.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini tashkil etish uchun buxgalteriya
hisobi sub’ektining rahbari javobgardir.
Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi sub’ektining
rahbari quyidagi
huquqlarga ega:
1.
Buxgalteriya
hisobi
xizmatining
rahbari
boshchiligida
buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb
qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
2. Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga
(auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida
buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan
boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;
3.Buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan
buxgalterlik firmasiga yoki buxgalter-mutaxassisga
topshirish;
370
4. Buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yuritishi. Ammo har qanday
holatda ham buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari quydagilarni
ta’minlashi shart:
hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
ichki nazorat tartibini;
buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini;
hisob hujjatlarining but saqlanishini;
moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;
soliq
hisobotining
va
boshqa
moliyaviy
hujjatlarning
tayyorlanishini;
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalaga oshirilishi va boshqalar.
12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari.Ushbu modda ham
yangidan kiritilgan bo‘lib, unda «buxgalteriya hisobi xizmati rahbari»ning
maqomi va unga qo‘yiladigan talablar hamda
ularga rioya etilishini
ta’minlashga alohida urg‘u berilgan. Fikrimizcha, ushbu moddaning
3,4,5,6,7-xatboshilarini qisqartirib, ularning o‘rniga
Dostları ilə paylaş: