375
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan o‘chirish,
ular qiymati to‘la qoplangunga qadar amortizatsiya hisoblash u yoki bu
ob’ektni hisobdan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya
ajratmalari ob’ekt qabul qilinib, foydalana boshlanganidan keyingi oydan
hisoblanishi lozim.
Shuningdek, yerning qiymati amortizatsiyalanmasligi
ta’kidlangan.
Keyinchalik sotib olinish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olingan
asosiy vositalar qiymati ijarachi korxonalarda har oyda amortizatsiya
ajratmalari hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Nomoddiy aktivlarning eskirish
normalari ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlar va xizmat
muddatlaridan
kelib chiqib, korxonada mustaqil aniqlanadi hamda
tasdiqlanadi.
Agar nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni
bo‘lmasa, amortizatsiya muddati 5 yildan ko‘p bo‘lmagan, korxonaning
ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyat muddati doirasida aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash
metodiga doimo amal qilinishi lozim. Amortizatsiya hisoblash metodi uni
o‘zgartirish uchun asosli sabablar mavjud bo‘lgandagina o‘zgartirilishi
mumkin.
Qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash metodi xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning moliyaviy hisobotiga yoziladigan tushuntirishda
aks ettirilishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: