R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Milliy hisoblar tizimi (MHT)



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Milliy hisoblar tizimi (MHT)
– bu iqtisodiy faoliyat natijalarini, 
iqtisodiyotning tarkibini va milliy xo‘jalikdagi eng muhim aloqador-
liklarni ifodalovchi ma’lum schotlar to‘plami va balans jadvallari 
shaklida tuzilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi 
bilan makrodarajada tugallanadigan, bozor iqtisodiyotiga mos bo‘lgan 
milliy hisobdir. 
MHTning birinchi varianti Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 
homiyligida 1952-yili ishlab chiqilgan bo‘lib, Dj.Keyns nazariyasiga 
asoslangandir. BMTning milliy hisoblar tizimi Kembridj Universiteti 
qoshidagi Milliy hisoblar bo‘yicha tadqiqot markazi tomonidan 
yaratilgan milliy tizim standartlariga tarkiban o‘xshash bo‘lib, uni 
Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi Tashkiloti (YIHT) ta’sis etgan. 
«Milliy hisoblar» degan atama golland olimi Ed Van Kliffning 
1941-yilda chop etilgan asarida tavsiya qilingan. Lekin milliy daromadni 
takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridagi harakatda o‘rganish 
birinchi marta sobiq SSSRda vujudga kelgan va A.Pervuxin tomonidan 
1928–1930-yillardagi xalq xo‘jaligi balansiga yozilgan izohda 
keltirilgan, ammo uzoq yillar davomida olimlarga ma’lum bo‘lmagan. 
Birinchi MHT ishlab chiqarish va iste’molni hisobga oladigan 
schotlarni o‘z ichiga olgan. MHTning yangi varianti rivojlangan 
mamlakatlardagi milliy hisoblarning rivojlanish tajribasini hisobga olgan 


484 
holda ishlab chiqilib ikkinchi marta nashr qilindi. MHTning bu varianti 
150 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.
Ikkinchi variantiga qator yangi bo‘limlar va ko‘rsatkichlar kiri-
tilgan bo‘lib, uning tahliliy va axborot imkoniyatlari sezilarli darajada 
kengaytirilgan. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish 
ko‘rsatkichlarining taqqoslama baholaridagi hisob-kitoblari, shuningdek, 
moliyaviy oqimni tashkil etuvchi yalpi mahsulot va oraliq iste’mol, 
milliy boylik, qarzlar harakati, kreditlar oqimi va boshqa ko‘rsatkichlar 
shular jumlasidandir. 
MHTning tarkibi yalpi ijtimoiy mahsulot, milliy daromad va 
ularning ishlatilishini, shuningdek, bozor iqtisodiyotidagi jiddiy 
o‘zgarishlarni aks ettira oladigan boshqa ko‘rsatkichlarni ham qiymat 
ifodasida hisoblash imkoniyatini beradi. 
MHTda erishilgan tarmoqlararo balanslar jadvallarining organik 
bog‘lanishlarini maxsus ta’kidlash zarur. Bu bog‘lanishlar tamoyillari 
Nobel mukofoti laureati V.V.Leontevning iqtisodiyotga oid ishlarida 
juda aniq bayon qilingan. Milliy hisobchilikning makrodarajasida 
namoyon bo‘ladigan bu schotlar iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tuziladi. 
Milliy hisoblar tizimining tarkibi jami ijtimoiy mahsulotni, milliy 
daromadni va uning ishlatilishini, shuningdek, bozor iqtisodiyotida sodir 
bo‘ladigan muhim o‘zgarishlarni aks ettira oladigan boshqa ko‘rsat-
kichlarni pul ifodasida hisoblab chiqarishga imkon beradi. 
Quyida buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisobi schotlarining 
tamoyili bo‘yicha tuzilib, oltita schotni o‘z ichiga oladigan milliy 
hisoblarning qisqartirilgan chizmasi keltiriladi (19.1-jadval). Ma’lumki, 
balans va schotlar ikki tomondan iborat: aktiv va passiv, debet va kredit, 
ya’ni mablag‘lar va ularning manbalari, ko‘payishi (kirim) va kamayishi 
(chiqim). 
19.1-jadval 
I. YALPI MAHSULOT SCHOTI 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin