2.2. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari
Yashirin iqtisodiyotni makrodarajada o‘lchash uchun bilvosita
usullardan foydalaniladi. Ular ko‘pincha rasmiy statistikaning
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga, soliq va moliya organlarining
ma’lumotlariga asoslanadi. Makrousullarga quyidagilar kiradi:
tafovut usuli, bandlik ko‘rsatkichlari usuli (“italyancha” usul),
monetar usul, texnologik koeffitsiyentlar usuli, ekspert usuli, tarkibiy
MAKROUSULLAR
Bandlik ko‘rsatkichlari usullari
Tarkibiy usul
Texnologik koeffitsiyentlar usuli
Mayin modellashtirish (determinantlarni baholash usuli)
Ekspert usuli
Tafovut usuli
Monetar usul
Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini o‘lchashning makro usullarini
ko‘rib chiqamiz.
1. Tafovut usuli
Bu usul bir xil iqtisodiy ko‘rsatkichlar borasidagi ma’lumotlar va
statistik hujjatlarni solishtirishga asoslangandir. Ushbu usuldan
foydalanishga misol qilib turli usullar bilan hisoblangan daromadlar
va xarajatlarni taqqoslash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil
baholash; tovar oqimlari usulini ko‘rsatish mumkin.
Daromadlar va xarajatlarni taqqoslash.
Ushbu usuldan xonadon
xo‘jaliklarining barcha daromadlarini barcha xarajatlar bilan
taqqoslash orqali foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda, daromadlar
xarajatlardan kam bo‘lib chiqadi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil baholash.
Ushbu usuldan bilvosita ma’lumotlar yordamida hisoblangan YaIM hajmini
rasmiy statistika ma’lumotlari bilan solishtirish yordamida yashirin
sektor hajmini aniqlashda foydalaniladi. XVJ tomonidan Xitoyda
o‘tkazilgan tadqiqot ushbu usuldan foydalanishga klassik misol
hisoblanadi, bunda iqtisodiyot indikatori sifatida va yashirin
iqtisodiyot miqyosini aniqlash uchun elektr energiyasidan
foydalanish ko‘rsatkichidan foydalanilgan edi.
Tovar oqimlari usuli.
Bu usuldan statistika xizmatlari yaxshi
rivojlangan ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida keng foydalaniladi.
Tovar oqimlari usulining asosiy mazmuni shundaki, tovar oqimlari
(ya’ni, ishlab chiqarishdan to foydlangunga qadar bo‘lgan harakat)
makroko‘rsatkichlarni emas, balki alohida muhim mahsulotlar yoki
tovarlar guruhini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
2. Bandlik ko‘rsatkichlari usuli ( “italyancha” usul)
“Italyancha” usul Italiya statistika instituti tomonidan ishlab
chiqilgan va qo‘llaniladi. Ushbu usul yashirin iqtisodiyot
parametrlarini aniqlash masalalarida keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu usulni ishlab chiqish jarayonida mutaxassislar ishlab
chiqarish (ayniqsa, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida)
bo‘yicha aniq ma’lumotlarni to‘plash juda murakkabligini e’tiborga
olishgan. Buning asosiy sababi – soliqlar to‘lash bazasini yashirish
maqsadida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatishdir.
Kichik korxonalar faoliyatini statistik registrga kirgizish uchun ham
ulardan ma’lumot olish juda murakkabdir. Shu bilan birga, Italiya
iqtisodiyoti uchun sonli kichik korxonalar soni juda ko‘pligi xosdir.
Italiyalik statistika mutaxassislari asosiy urg‘uni ishchi kuchi
sarflarini o‘rganishga qaratishgan. Birlamchi ma’lumotlar maxsus
tashkil etilgan xonadon xo‘jaligini tadqiq etish natijasida olinadi.
Xonadon xo‘jaliklari tasodifiy tanlov asosida tadqiq etiladi. Tekshirish
jarayonida beriladigan savollar so‘rov qilinuvchilar tomonidan u yoki
bu tarmoqda ishlab bergan soatlar hajmi bilan bog‘liqdir. Ushbu
yondashuvning yutug‘i shundaki, daromadlari to‘g‘risida
so‘ralmayotgan kishilarga o‘zlarining ish vaqtlari haqidagi axborotni
yashirish yoki o‘zgartirib ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. So‘ngra
ushbu axborotlar umumlashtiriladi va ishlab berilgan o‘rtacha inson-
kun o‘lchoviga o‘tkaziladi. Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish
me’yorlarini belgilash uchun ham shunday tekshirishlar o‘tkaziladi.
Ushbu usulning quyidagi turlari mavjud: 1) amaldagi va rasmiy
ro‘yxatdan o‘tkazilgan bandlik darajasi o‘rtasidagi farq asosida; 2)
hafta davomida amalda ishlab berilgan ish vaqti va rasmiy qayd
etilgan ish vaqti o‘rtasidagi farq asosida.
3. Monetar usul
Ushbu usul yashirin iqtisodiyotning muhim bir jihatiga
asoslanadi: agar qonuniy iqtisodiyotda anchadan beri deyarli barcha
hisob-kitoblar naqdsiz pul yordamida amalga oshirilsa, yashirin
iqtisodiyotda bitim tuzishda naqd pullardan foydalaniladi.
Ushbu g‘oyadan konkret foydalanishning ko‘pgina variantlari
mavjud. Bular – pul operatsiyalari hajmi tahlili, naqd pulga bo‘lgan talab tahlili, hamda ekonometrik usullar. Pul massasi hajmini kuzatish orqali yashirin iqtisodiyotning hajmi va dinamikasiga baho berish mumkin. Har bir mamlakatda pul massasi markaziy bank tomonidan emissiyalanadi va uning hajmi ma’lumdir. Ammo ushbu mezonni tanlash doimo ham to‘g‘ri emas, chunki foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar ko‘pgina jarayonlarga bog‘liqdir (masalan, inflyatsiyaga). Bir tomondan pul massasini va taqdim etuvchi veksellari hajmini, ikkinchi tomondan yalpi ichki mahsulotning o‘sishi sur’atlarini taqqoslash ishonchliroqdir. Monetar usulga asoslangan yashirin iqtisodiyotni baholashning yanada murakkabroq usullari mavjud. Bunda qo‘shimcha ravishda daromadlar, soliqlar, foiz stavkalari o‘zgarishi natijasida, hamda yashirin iqtisodiyotning faoliyati natijasida naqd pul mablag‘larining ulushi tebranib turadi deb taxmin qilish kerak. Hisobga olinmagan omillarni baholash yashirin iqtisodiyot miqyosini aniqlash imkonini beradi. Norasmiy sektorda to‘lovlar nafaqat naqd pul bilan, balki boshqa usullar bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, barter, ya’ni ayirboshlashda to‘lov vositasi sifatida taqdim etuvchining qimmatli qog‘ozlaridan foydalanish odatiy holdir. Ikkala sektorda pul aylanishi tezligi bir xilligini aniqlash murakkabdir. U norasmiy sektorda samaraliroq bo‘lishi mumkin. Norasmiy sektorda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ri iste’molchiga kelib tushadi, va buning uchun kamroq pul va vaqt kerak bo‘ladi. Rasmiy sektorda esa tovarlar ko‘p sonli vositachilar qo‘lidan o‘tib boradi.
4. Ekspert usuli
Ekspert baholashlardan foydalanish murakkab va kam o‘rganilgan yashirin iqtisodiyotni o‘rganishning zarur shart-sharoiti hisoblanadi. Ushbu usulning mazmuni quyidagicha. Ekspert birinchi navbatda biron-bir tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarga qay darajada ishonish mumkinligini aniqlaydi. Oddiy manbalardanma’lumotlar to‘plangandan so‘ng ularni avtomatik tarzda ma’lum darajagacha hisoblab chiqishadi. Ekspertlar tomonidan ekspert bahosi usuli ishlab chiqiladi. Ushbu usulni qo‘llashni muammosi shuki, malakali ekspertni topish qiyin.
5. Texnologik koeffitsiyentlar usuli
elektr quvvati ishlab chiqarish va iste’mol qilish, transportda yuk tashish va boshqa bilvosita yengil hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni rasmiy ma’lumotlar bilan taqqoslash yordamida sanoat ishlab chiqarish dinamikasini taxminiy aniqlashni ifodalaydi. Bu usuldan foydalanish shart-sharoitlari bo‘lib yuqori darajada rivojlangan bozor munosabatlari, elektr quvvati va yuk tashishning adekvat narxlari hisoblanadi. Agar narxlar tartibga solinadigan bo‘lib, elektr quvvatining real qiymatini aks ettirmasa yoki imtiyozlar mavjudligi sababli elektr quvvatini iste’mol qilish uchun uzoq vaqt pul to‘lanmasa, elektr quvvatini iste’mol qilish dinamikasi sanoat ishlab chiqarishi dinamikasidan katta farq qilishi mumkin.
6. Mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli yashirin iqtisodiyotni aniqlovchi omillar yig‘indisi bilan bog‘liq va uning hajmini o‘lchashga yo‘naltirilgandir.
7. Tarkibiy usul
ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida yashirin iqtisodiyotning hajmi to‘g‘risida ma’lumotni qo‘llay olishga asoslangandir. Bir qator rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning ko‘lami to‘g‘risida yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullar yordamida olingan ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lib, yalpi milliy mahsulot(YaMM)ga nisbatan 1 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan oraliqdatebranib turadi. Hisob-kitoblar ko‘satmoqdaki,bevosita (to‘g‘ri)
usullar ishonchli, lekin eng pasaytirilgan natijalarni beradi. Ularning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish murakkabligi va so‘rov natijasida olingan ma’lumotlarni ataylab buzib ko‘rsatish. Jahon amaliyotida qo‘llaniladigan usullarning turli-tumanligi yashirin iqtisodiyot tarkibi hajmining miqdorini va natijalar to‘g‘riligi mezonini baholashning yagona uslubiyati yo‘qligidan dalolat beradi. Har bir mamlakatning o‘ziga xosligi, statistik materiallarda kamchiliklarning mavjudligi har bir muayyan hodisada ushbu hodisaga mos bo‘lgan usul yoki bir qancha usullar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan usullarni tanlashga asoslanadi. Har xil usullarni birgalikda qo‘llash yashirin iqtisodiyotni ob’ektiv baholashning yo‘nalishlaridan sanaladi.