R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

xo‘jalik muomalasi
deb ataladi. 
Masalan, ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni sarflash, olingan mahsu-
lotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar. 
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida 
o‘zgarish sodir qiluvchi barcha xo‘jalik muomalalari tegishli hujjatlar 
bilan rasmiylashtiriladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo‘jalik 
mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalarining tarkibi va funksional 
rolini, ularning doiraviy aylanish jarayonlaridagi harakatini ko‘rib 
chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin. 
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan 
xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari hamda xo‘jalik 
faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi va 
manbalar o‘zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi. 
3.5. Buxgalteriya hisobi metodining ta’rifi, tarkibi, predmeti va 
metodining o‘zaro bog‘liqligi 
 
Har qanday fanning predmeti va obyektlarining mohiyatini 
bilishga mazkur fan metodining mazmunini bilish orqali erishiladi.
Oldingi paragraf(3.1)da ta’riflanganidek, buxgalteriya hisobining 
predmeti deganda, mablag‘lar, manbalar va xo‘jalik jarayonlari hamda 
faoliyat natijalari tushunilsa, uning metodi predmetni qanday usullar va 
amallar yordamida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy fanlar qatorida buxgalteriya hisobining metodi faqat 
uning o‘ziga xos usullardan iborat bo‘lib, ular fan predmetining 
Demak, 
buxgalteriya hisobining metodi 
deb mazkur fan 
predmetini o‘rganish uchun qo‘llaniladigan usul (element)larning 
ilmiy asoslangan tizimiga aytiladi. 


63 
mohiyati va uning oldiga qo‘yilgan vazifalar hamda talablardan kelib 
chiqadi.
Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy usullar 
(elementlar) quyidagilardan iborat:
hujjatlashtirish va inventarizatsiya; 
baholash va kalkulatsiya(mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlar 
tannarxini aniqlash); schotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv; balans va 
hisobot.
Buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini 
hujjatlarda uzluksiz va yoppasiga aks ettirishdan boshlanadi. Hujjat-
lashtirish – bu sodir bo‘lgan muomalani dastlabki ro‘yxatga olish 
usulidir. Hujjatlarda xo‘jalik muomalalarining mazmuni, ularning 
miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Hujjatlarda aks 
ettirilgan xo‘jalik muomalalarining to‘g‘riligi mas’ul shaxslar imzolari 
bilan tasdiqlanib, ularning dalillovchi kuchi ta’minlanadi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin