R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining vazifalari



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

3.5-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining vazifalari. 
Shunday qilib, bu jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o‘tadi. 
Ko‘p hollarda sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushishi mahsulot 
sotilgan vaqtdan kechikadi. Realizatsiya jarayoni oldiga quyidagi 
vazifalar qo‘yiladi (3.6-rasm): 
3.6-rasm. Realizatsiya jarayonining vazifalari. 
Bunday hollarda mahsulot vaqtincha muomaladagi mablag‘lar, 
ya’ni debitor qarz shakliga o‘tadi. 
Shunday qilib, xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablag‘lari 
doiraviy aylanishining uchta bosqichini ketma-ket o‘tar ekan. Ularning 
ayrimlari ta’minot jarayonida bo‘lganida, ayrimlari ishlab chiqarish 
jarayonida bo‘ladi, shuningdek, bir qismi realizatsiya jarayonida bo‘ladi 
va natijada biridan ikkinchisiga o‘tib turadi 
(xo‘jalik jarayonlarini 
hisobga olish metodologiyasi 11-bobda batafsil bayon qilingan).
Shuni ham ta’kidlash zarurki, doiraviy aylanishda xo‘jalik 
mablag‘larining shakllari va tuslari ham o‘zgarib turadi. Masalan, 
ta’minot jarayonidagi xomashyo va materiallar ishlab chiqarish 
jarayonidan so‘ng boshqa shakl va tusga, ya’ni tayyor mahsulotga 
Ishlab chiqarish jarayonining vazifalari 
1. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami va turlari bo‘yicha pul ifodasida natural 
o‘lchovlardagi hajmini aniqlash 
2. Sotilgan mahsulotlar jami va turlari bo‘yicha haqiqiy tannarxini hisoblash 
3. Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamli va oqilona foydalanishni nazorat 
qilish 
Realizatsiya jarayonining vazifalari 
1. Shartnomalar bajarilishini nazorat qilish – mahsulot sotish hajmi va assortimenti 
bo‘yicha 
2. Sotilgan mahsulotlar uchun tushumlarni o‘z vaqtida va to‘liq hisoblash 
3. Yakuniy moliyaviy natijani (foyda yoki zarar) aniqlash 


62 
aylanadi. O‘z navbatida tayyor mahsulot sotilgandan so‘ng esa pul 
shakliga o‘tadi. 
Doiraviy aylanish jarayonida xo‘jalik mablag‘larining manbalarida 
ham o‘zgarish sodir bo‘ladi. Mablag‘lar chetdan jalb qilinganda, foyda 
aks ettirilganda, foyda taqsimlanganda, ssudalar bo‘yicha hisob-kitoblar 
amalga oshirilganda va boshqa hollarda mablag‘lar manbalarida 
o‘zgarish sodir bo‘ladi. 
Demak, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari doimo hara-
katda bo‘lib, o‘zgarib turar ekan. Xo‘jalik mablag‘lari va ular 
manbalarining tarkibi hamda tuzilishida sodir bo‘lib, tegishli hujjatlar 
bilan tasdiqlangan ayrim o‘zgarishlar 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin